Oʻsmatbarlos — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Oʻsmat shaharchasi hududida joylashgan bo‘lib, shu sababli Oʻsmatbarlos deb nomlangan. Qishloqning qadimiy nomi Barlos bo‘lgan.

Etimologiyasi Toponim etnoykonim hisoblanadi. Barlos — o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qadimiy qabilalardan biridir. Tarixiy manbalarga ko‘ra, XIII asrning ikkinchi yarmida barlos qabilasi Ili daryosi bo‘ylaridan Qashqadaryo vohasiga ko‘chib kelgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham tarqalgan. XIV–XV asrlarda voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynaganOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. “Barlos” maqolasi..

Amir Temur ham barlos qabilasidan bo‘lgan bo‘lib, u sarkarda va viloyat amirlarini ko‘pincha shu qabila vakillaridan tayinlagan. Keyinchalik barloslarning bir qismi Temuriylar va Boburiylar davrida Afg‘oniston hamda Hindiston hududlariga ko‘chib o‘tgan.

Alisher Navoiyning Saddi Iskandariy dostonida boshqa turkiy qabilalar qatorida barloslar ham janglarda ishtirok etgani qayd etilgan. Shuningdek, Navoiy asarlariga asoslangan Badoyeʼ ul-lugʻat kitobida barlos so‘ziga bahodir yoki botir jangchi maʼnosi berilgan.

Abulgʻoziy Bahodirxonning Shajarai tarokima asarida esa barlos so‘zi qo‘mondon yoki lashkarboshi maʼnosida talqin qilinganAbulgʻoziy Bahodirxon. Shajarai tarokima. 1997..

Manbalar

Turkum:Baxmal tumani