Oqtepa mahalla fuqarolar yigʻini — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyatining Forish tumani hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridir.
Umumiy maʼlumot Forish tumanidagi mahalla nomi. „Oqtepa“ mahallasi 2002-yilning iyul oyida sessiya qaroriga asosan tashkil qilingan. "Oqtepa " MFY ning hududiy chegarasi: „Sayyod“, „Osmonsoy“, „Oʻzbekiston“ mahalla fuqarolar yigʻini bilan chegaradosh. Ikkinchi jahon urushidan keyin qishloq kattalashib borgan. Savxoz tashkil etilib, savxozning markazi boʻlgan. Oqtepa mahalla fuqarolar yigʻinining umumiy hududi taxminan 3473 gektarni tashkil etadi. Mahalla hududi asosan qishloq xoʻjaligi yerlari va aholi yashash hududlaridan iborat.
Mahalla aholisi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Hududda dehqonchilik va chorvachilik asosiy iqtisodiy faoliyat turlari hisoblanadi.
Tarkibidagi qishloqlar Oqtepa MFY tarkibiga quyidagi qishloqlar kiradi:
Oʻrtaqishloq Oʻrta Toʻqay Tutak Ilonchi Yomchi
Mazkur qishloqlarda yashovchi aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik hamda boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanadi.
Iqtisodiy faoliyat Mahalla hududida qishloq xoʻjaligi yetakchi soha hisoblanadi. Aholi asosan, gʻalla, sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanadi. Chorvachilik ham hudud iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi.
Shuningdek qarang
Forish tumani Jizzax viloyati
Manbalar
Turkum:Jizzax viloyati Turkum:Forish tumani Turkum:Oʻzbekiston mahallalari