Andrea Kimi Antonelli ( 2006-yil 25-avgustda tug‘ilgan) — italiyalik poyga haydovchisi bo‘lib, hozirda Formula One chempionatida Mercedes-AMG Petronas Formula One Team jamoasi safida ishtirok etadi.

Bolonya shahrida tug‘ilib o‘sgan Antonelli sport avtomobillari poygasi haydovchisi Marco Antonellining o‘g‘lidir. Antonelli kartingda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi va 2020 hamda 2021-yillarda katta yosh toifasidagi Yevropa chempionatida ketma-ket g‘olib bo‘ldi. Shundan so‘ng u yoshlar formulasi poygalariga yo‘l oldi.

U 2022-yilda Italiya F4 va ADAC F4 chempionatlarida Prema jamoasi bilan birinchi marotaba chempion bo'ldi. Bundan tashqari, u Italian GT3 musobaqasida poyga g‘olibiga aylandi hamda Formula 4 kubogi bahslarida FIA Motorsport o‘yinlari doirasida Italiya uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng u Yevropa mintaqaviy formulasi va O‘rta Sharq mintaqaviy formulasi chempionatlarida g‘olib chiqdi. Keyinchalik u 2024-yilgi mavsumida FIA Formula 2 musobaqasiga o‘tib, ikki poygada g‘alaba qozondi va umumiy hisobda oltinchi o‘rinni egalladi.

2019-yildan beri Mercedes yoshlar jamoasi a’zosi bo‘lgan Antonelli 2025-yilgi mavsumda Mercedes formula 1 jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U jamoada Lewis Hamilton o‘rnini egallab, George Russell bilan bir jamoada poygaga tushdi.

Antonelli 2025-yilda 18 yoshida Avstraliya poygasida start olib, Formula One tarixidagi eng yosh uchinchi haydovchiga aylandi. U ilk bor 2025-yilgi Canada poygasida podiumga chiqdi hamda eng yosh eng tez aylanish qayd etgan haydovchiga aylandi. Antonellining Mercedes bilan shartnomasi kamida 2026-yil mavsumi oxirigacha amal qiladi. Bolalik davri

Andrea Kimi Antonelli 2006-yil 25-avgustda Bolonya shahrida tug‘ilgan . Uning otasi, Marco Antonelli, sport avtomobillari poygachisi va San-Marino AKM Motorsport jamoasining egasi bo‘lib, ular 2022-yildan beri Italiya F4 musobaqalarida qatnashmoqda. U 1993-yilda Antonelli Motorsport jamoasini tashkil qilgan, ular bir qancha GT seriyalarda qatnashgan va 2018-yilda Italiya GT Championatida g‘olib chiqqan .Uning onasi, Veronica Antonelli, sobiq Italiya pochtasi xodimi va 1997-yildan beri motorsport sohasida ishlaydi, Marco Antonelliga AKM jamoasini boshqarishda yordam beradi .Uning Maggie ismli kichik singlisi bor. Antonelli o‘zining o‘rta ismini(middle name) Kimi Räikkönenning ismiga o‘xshash tarzda olgan — u 2007-yilgi Formula-1 jahon chempioni hisoblanadi. Uning otasi o‘g‘liga “Andrea” ismiga qo‘shimcha ravishda chet elcha ism qo‘yishni istagan va shu sababli “Kimi” ismini tanlagan. Shuningdek, u bu ism to‘g‘ridan-to‘g‘ri Räikkönen sharafiga qo‘yilmaganini ham ta’kidlagan.

U Casalecchio di Reno shahridagi Gaetano Salvemini nomidagi davlat tijorat-texnik institutida o‘qigan. U yerda xalqaro munosabatlar va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qigan hamda hafta oxirlarida poygaga qatnashish jarayonida ingliz tilida gaplashishni o‘rgangan.

Dastlab uning otasi uni Italiyada futbol bilan shug‘ullanishini xohlagan. Biroq Antonelli avtosportga kuchli qiziqish bildirgani sababli, keyinchalik uni karting sportiga yo‘naltirgan.

Manbalar

Turkum:Avtopoygachilar Turkum:Formula 1