Şükrullah — 15-asr usmoniy tarixchisi va diplomatiThe Oxford History of Historical Writing Volume 3: 1400–1800, José Rabasa,D. Daniel R. Woolf, p. 196, 2011 by Oxford University Press. U eng dastlabki usmonli tarixchilaridan biri edi.

Tarjimai holi

Şükrullah 1388-yilda tug‘ilgan, otasining ismi Şehâbeddin Ahmed bo‘lgan. 1409-yilda Usmoniylar xizmatiga kirgan. U Bursada qozilik (qozi) qilgan. 1449-yilda Şükrullah Sulton Murod II tomonidan Qora qoʻyunlilar davlatiga elchi sifatida yuborilgan. Aynan shu yerda, Jahonshoh hukmronligi davrida u O‘g‘uz turklari tarixiga qiziqa boshlagan.

Asarlari

Ham tarixiy, ham diniy asarlar yozgan. 1460-yillarda fors tilida Behcetü't-Tevârîh yoki Bahjut al-tâvarix nomli mashhur umumjahon tarixini yozib, uni Mahmud posho Angelovicga taqdim etgan. Asaridan keyingi usmoniy tarixchilari foydalangan.

Manbalar

Manbalar

Turkum:1388-yilda tugʻilganlar Turkum:1488-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan 15-asr tarixchilari Turkum:15-asr fors tili yozuvchilari Turkum:1464-yilda vafot etganlar