Imomzoda Husayn majmuasi (; ) maqbara va masjid majmuasi boʻlib, Eronning Qazvin ustoni Qazvin shahrida joylashgan. Dafn majmuasida 8-imom Ali ar-Rizo (Hazrati Rizo)ning oʻgʻli Husaynning qabri bor. Dastlab Ilxoniylar davrida qurilgan bu majmua XVII asrda Safaviylar davrida shoh Tahmasp I tomonidan keng koʻlamda taʼmirlangan.

Majmua 1935-yil 7-dekabrda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi. Majmua shialik mazhabining eng muqaddas maskanlaridan biri va yirik ziyorat markazidir.

Tarixi Majmuada Imom Ali ar-Rizoning ikki yil umr koʻrgan oʻgʻli dafn etilgan. U 821-yilda otasi bilan Xurosonga yoʻl olgan paytda Qazvinda yoʻlda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Keyinchalik Safaviylar sulolasidan ham koʻp kishilar shu yerga dafn etilgan.

Meʼmorchiligi Maqbara oʻzining devor bilan oʻralgan bogʻi, qator oʻsimliklari, kichik ayvonlari, ravoqlari, qabr toshlari hamda qimmatbaho koʻk va qaymoqrang koshin bezaklari bilan hashamatli saroy majmuasini eslatadi. Asosiy darvoza peshtoqi ustida oltita bezakli minoralar koʻtarilgan. Zinapoyalar orqali asosiy darvozadan kirilganda katta hovliga chiqiladi. Darvozaning bevosita ortida pavilyonga oʻxshash, sakkiz burchakli favvora joylashgan.

Maqbara koʻk-sariq koshinli gumbaz bilan qoplangan. Binoning markaziy qismi koʻplab koʻzguli mozaikalar bilan bezatilgan. Kirish qismidagi koʻzguli mozaikalar va fasadlardagi koshinlar XIX asrga taalluqli. Oʻrta qismda nozik ustunlar koʻtarib turgan ayvon ayollar va erkaklar uchun ajratilgan alohida hududlarga olib boradi va ikkita kirish eshigiga ega. Chap tomoni ayollar uchun, oʻng tomoni erkaklar uchun moʻljallangan. Binoga faqat oyoq kiyimsiz kirish mumkin.

Galereya

Yana qarang

Erondagi imomzodalar roʻyxati Erondagi maqbaralar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:15-asr Erondagi masjidlari Turkum:Erondagi maqbaralar Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar Turkum:Erondagi masjidlar Turkum:Qojarlar davri masjidlari Turkum:Qazvin