Fotma Sulton (; 1494-yildan oldin – -yil) – Usmoniylar malikasi, Salim I va Hafsa Sultonning qizi, sulton Sulaymon I ning singlisi.

Hayoti Fotma Sulton ilk bor 1516-yilda Antokiya hokimi Mustafo poshoga turmushga chiqqan, biroq uning gomoseksual ekani va unga qiziqish bildirmagani maʼlum boʻlgach, ular ajrashgan. Otasiga yozgan maktubida u oʻzining iztirobini bayon qilgan. U erining gomoseksual moyilliklarini oshkora namoyish etishi uni qattiq haqorat qilishini aytib, shunday yozgan: „Mening podshohim, bu yerga kelganimdan beri bir yil davomida bir kun ham, bir soat ham kulganim yoʻq… Goʻyo bevadek jinni boʻlayapman. Mening sultonim, eng aziz otajonim, mening holatimni qalam bilan ifodalab boʻlmaydi“.

Soʻng Fotma Sulton 1522-yilda Qora Ahmad poshoga turmushga chiqqan. Qora Ahmad posho 1553–1555-yillarda Usmoniylar imperiyasining Bosh vaziri boʻlgan. Ularning, ehtimol, ikki qizi ham boʻlgan. Qora Ahmad posho qatl etilgach, Fotma Bursada yashashga ketgan yoki boshqa manbalarga koʻra, 1562-yilda fitnalari uchun jazo tariqasida majburan Hadim Ibrohim poshoga turmushga berilgan. Biroq bu nikoh uning barcha nikohlari ichida eng baxtli nikohi boʻlib chiqqan.

Fotma Sulton Topkapi saroyida, eri Ahmad posho masjidi yaqinida bir masjid qurdirgan. Taxminan 1566-yilda vafot etgach, oʻzi ham oʻsha yerda dafn etilgan. 1575-yilda Murod III katta ammasi sharafiga „Fotma Sulton masjidi“ni qurdirgan.

Serialda „Muhtasham yuz yil“ teleserialida Fotma Sulton rolini turk aktrisasi Meltem Cumbul ijro etgan.

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar sulolasi Usmoniylar sulolasi shajarasi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:1490-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1566-yilda vafot etganlar Turkum:Salim I ning qizlari