Tokio masjidi (), Tokio Camii nomi bilan ham tanilgan, Tokioning Shibuya shahri Ōyama-chō hududida joylashgan masjid. Yonida turk madaniyati markazi mavjud. Yaponiyadagi eng katta masjid hisoblanadi.
Dastlab 1938-yilda bunyod etilgan, hozirgi bino esa 2000-yilda qurib bitkazilgan. Masjid turk meʼmori Hilmi Şenalp tomonidan Usmoniylar uslubida loyihalangan.
Tarixi Masjid dastlab 1938-yil 12-mayda unga tutash maktab bilan birga Oktyabr inqilobidan soʻng Yaponiyaga Rossiyadan kelgan boshqird va tatar muhojirlari tomonidan qurilgan. Inshoot masjidning birinchi imomi Abdurrashid Ibrohimbek va Abdulhay Qurbon Ali rahbarligida bunyod etilgan. 1986-yilda masjid konstruksiyadagi jiddiy shikastlanishlar sababli buzib tashlangan.
Turkiyaning Diniy ishlar boshqarmasi rahbarligi va koʻmagi ostida 1998-yilda yangi bino qurilishi boshlangan. Binoning meʼmori Hilmi Şenalp edi. Bezaklar Usmoniylar uslubiga asoslangan. Taxminan 70 nafar turk hunarmandi yakuniy bezak ishlarini amalga oshirgan, anchagina miqdorda marmar Turkiyadan olib kelingan. Qurilish ishlari 2000-yilda yakunlangan, qiymati – 1.5 milliard iyena. Masjidning ochilish marosimi 2000-yil 30-iyunda boʻlib oʻtgan.
Tavsifi Tokio masjidining maydoni 734 m2 boʻlib, yertoʻla qavati va 3 ta yer usti qavatidan iborat. Umumiy pol maydoni 1,477 m2. Asosiy gumbazi balandlikda boʻlib, 6 ta ustun bilan koʻtarib turiladi. Uning yonida joylashgan minora esa balandlikda.
Binoning birinchi qavati umumiy hudud, ikkinchi qavati esa namozxona hisoblanadi. Unda mehrob va minbar joylashgan. Minbar – imom xutba oʻqishi uchun moʻljallangan baland zinapoyali joy.
Usmoniy masjidlarida tasvirlangan ranglar Tokio masjidining ichki va tashqi qismida oq va firuza ranglari keng qoʻllanadi. Ushbu masjid Usmoniylar meʼmorchiligi asosida modellashtirilgani bois ishlatiladigan ranglar butun inshoot boʻylab aks etadi. Ranglardan foydalanish usuli ham shunga mos ravishda takrorlanadi. Firuza qadimgi Eron davrlaridanoq muqaddaslik ramzi sifatida qaraladigan rang hisoblanadi. Minbar va mehrobning ikkisi ham oq marmar bilan qoplangan.
Ushbu inshoot xuddi shu Usmoniylar meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan boshqa bir masjid Koʻk masjidga juda ham oʻxshaydi. Masjidni oʻrab turgan koʻplab derazalar bino ichkarisini tabiiy ravishda, pastroq qilib osilgan qandillar orqali esa sunʼiy ravishda yoritadi.
Galereya
Yana qarang
Yaponiyada islom Yaponiyadagi masjidlar ro‘yxati
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt – ingliz, yapon va turk tillarida. Bino haqida maʼlumot - yaponcha
Turkum:Yaponiyada 1938-yilgi tashkil etilishlar Turkum:Yaponiyada XXI asr masjidlari Turkum:Boshqird diasporasi Turkum:Sibuyadagi bino va inshootlar Turkum:Yaponiya—Turkiya munosabatlari Turkum:Yaponiyada gumbazli masjid binolari Turkum:Yaponiyada minorali masjid binolari Turkum:1938-yilda yakunlangan masjidlar Turkum:2000-yilda yakunlangan masjidlar Turkum:Tokiodagi masjidlar Turkum:Osiyodagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Osiyodagi rus diasporasi Turkum:Yaponiyadagi sunniy masjidlar Turkum:Tatar disporasi Turkum:Osiyodagi turk diasporasi Turkum:Volga tatar diasporasi