Abu al-Qosim Jalol ad-Din Tabriziy () Janubiy Osiyoning mashhur soʻfiy avliyosi edi. U Bengaliyaga u yerda musulmonlar hukmronligi boshlanganidan koʻp oʻtmay kelgan, shu yerda mahalliy aholiga Islomni targʻib qilgan va umrining qolgan qismini shu yerda oʻtkazgan. Kichik tariqat boʻlgan Jaloliyya tariqati uning nomi bilan ataladi, shuningdek u sanskrit tilidagi Sekhaśubhodayā (Shayxning kelishi) badiiy asarining bosh qahramoni hisoblanadi.

Yoshligi Abu al-Qosim Jaloliddin Eronning shimoli-gʻarbidagi Tabriz shahrida tugʻilgan. U mahalliy sunniy olim Abu Sayyid Tabriziydan taʼlim olgan. Ustoz vafotidan soʻng, Jaloliddin Tabriziy Shahobiddin Suhravardiyga murid boʻladi. Suhravardiy xizmatida boʻlgan paytida, Tabriziy haj safarlari chogʻida Makkaga borishda tez-tez unga hamrohlik qilgan va ovqat iliq turishi uchun boshida pechka koʻtarib yurgani aytiladi.

Faoliyati

Tabriziy taxminan 1210-yilda, mamluk imperatori Shamsiddin Eltutmish hukmronligi davrida Dehliga koʻchib kelgan va saroy yaqinidan turar joy berilgan. Uning mashxurligi Shayxulislom Nizomiddin Sugʻrani ranjitgani aytiladi, u goʻyoki Tabriziyni obroʻsini yomon bir ayol bilan zino qilganlikda ayblab toʻkishga uringan. Biroq Qutbiddin Baxtiyor Kaki va Bahauddin Zakariya kabi boshqa olimlar Tabriziy bilan yaxshi munosabatni saqlab qolgan. Keyinchalik bu ayblovlar yolgʻon ekani isbotlangan.

Soʻng u yaqinda Muhammad Baxtiyor Xiljiy tomonidan zabt etilgan Bengaliyaga yoʻl oladi. Uning koʻplab hissalari orasida, Tabriziy koʻplab mahalliy aholi vakillarni Islomga daʼvat qilgani va katta izdoshlar jamoasini toʻplagani bilan ham eʼtirof etiladi. Yaqin atrofdagi Deotala shaharchasi uning sharafiga Tabrizobod deb atalgan boʻlib, bu uning u yerda ham bir muddat yashaganini anglatadi.

Vafoti va merosi

Jaloliddin Tabriziyning vafot sanasi borasida bahslar mavjud. Gʻulom Sarvar uning 1244-yilda vafot etganini taʼkidlaydi, Mirzo Muhammad Axtar Dehlaviy esa uning vafotini 1225-yilga qayd etadi. Tabriziy Hazrat Panduadagi xonaqohida dafn etilgan. dargohga hadya qilingan yerlarning daromadi yigirma ikki ming takani tashkil etgani bois, u Baish Hazari Dargah nomi bilan tanilgan.

Biroq Abulfazl Allomiy Tabriziy Devmahal deb atalgan joyda vafot etganini daʼvo qiladi. Tarixchilar bunday joyni aniqlashga qiynalgan, chunki Bengaliyada Devmahal nomli joy yoʻq. Mustamlaka davri tadqiqotlari Devmahalni Maldiv orollarida deb hisoblaydi.

Tabriziyning 13-asrdagi musulmon Bengaliyasiga taʼsirini keyingi asrlarda ham koʻrish mumkin. Jalol ismi keng tarqalganligi sabab boshqa soʻfiy avliyolar bilan chalkashliklar yuzaga kelgan. 14-asr marokashlik sayyoh Ibn Battuta Kamarupa yaqinida Jaloliddin Tabriziy bilan uchrashganini eslaydi, biroq zamonaviy tarixchilar Ibn Battuta koʻplab yozuvlar va dalillar buning aksini koʻrsatgani uchun uni Silhetlik Shoh Jalol bilan adashtirgan, deb hisoblaydilar. Ibn Battuta bu joylarga sayohat qilganidan ancha yillar oʻtib, Marokashga qaytgach, kitobini yozgan.

Boburiylar imperatori Shoh Olam II hukmronligi davrida Munshi Sayyid Sadruddin (vaf. 1796) Baish Hazari parganasining mutavallisi (vasiy/qarovchi) etib tayinlangan. Sadruddin, shuningdek, Bohardagi madrasasi yaqinida kutubxona qurib, avliyo sharafiga unga Madrasa-i-Jalaliya deb nom bergan. Bu madrasa ketma-ket yuzlab ulamoni yetishtirgan, jumladan Gʻulom Mustafo Burdvoniy, Izhorul Haq, Abdur Rab Laknaviy, Abdur Rahmon Laknaviy va Nurul Haq Ansoriy.

Yana qarang Shoh Sulton Rumiy

Manbalar

Turkum:Bengal soʻfiy avliyolar Turkum:1228-yilda vafot etganlar Turkum:Soʻfiy mutasavviflar Turkum:Soʻfiy ustozlar Turkum:Islomning 13-asr ulamolari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar