Kipr 12–28-fevral kunlari Kanadaning Vankuver shahrida oʻtkazilgan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Milliy delegatsiya tarkibiga ikki nafar sportchi – togʻ changʻisi ustalari Christopher Papamichalopoulos va Sophia Papamichalopouloulardan iborat edi. Papamichalopoulou ayollar oʻrtasidagi slalom bahslarida 53-oʻrinni egalladi. Bu natija Kiprning ushbu Olimpiya oʻyinlaridagi eng yaxshi koʻrsatkichi boʻldi.
Tarixi Kipr Olimpiya qoʻmitasi 1978-yilda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Mamlakat 1980-yildagi debyutidan buyon barcha yozgi va qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. Vankuver Olimpiadasi vaqtiga qadar biror bir kiprlik sportchi medal qoʻlga kiritmagan edi. Mamlakat ilk medalini Vankuverdan ikki yil oʻtib, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritgan. Kipr Vankuverga ikki nafar togʻ changʻi sporti ustasi opa-uka – Christopher Papamichalopoulos va Sophia Papamichalopouloularni yuborgan. Christopher Papamichalopoulos ochilish marosimida bayroqdor etib tanlangan. Yopilish marosimida esa ushbu sharaf Sophia Papamichalopoulouga berilgan.
Manbalar
Turkum:2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar