Mavlono Muhammad Isʼhoq (; 1883 – 18-noyabr 1938) – bengal ulamo, soʻfiy, muallif va xayriyachi.
Hayoti va taʼlimi Is’hoq 1883-yilda Bengal prezidentligi tarkibidagi Noaxali okrugining Feni hududida bengallik musulmon oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich diniy taʼlimni mahalliy diniy muassasada olgan. Soʻng Komilla shahrida ulamo kursiga qabul qilingan. Keyinroq u Makkaga yoʻl olib, u yerda as-Savlatiya madrasasiga oʻqishga kirgan. U Shayxu’d-Dal’ail Abdul Haqq Muhajir Makki rahbarligida, uni asrab olingan oʻgʻlidek koʻrgan ustoz qoʻlida, ushbu muassasada oʻn bir yil davomida islomshunoslik va arab tilini oʻrgangan. Keyinchalik u shu madrasaga mudarris etib tayinlangan. U ustozidan xilofat olib, oʻz yurtiga qaytgan.
Faoliyati Bengalga qaytgach, Ishoq sufiyona amaliyot bilan ham shugʻullangan. Aytilishicha, unda karomat boʻlgan. Odamlar undan maʼnaviy yoʻl-yoʻriq soʻrab keladigan boʻlishdi. U Komilla, Noaxali, Barisal, Hatiya va Sandvipga sayohat qilgan. Bu joylarda koʻplab odamlar uning muridlariga aylangan. Keyinchalik u Karomat Ali Jaunpuriyning nabirasi boʻlgan Abdul rab Jaunpuriy qoʻlida yana bayʼatini yangilagan. Shundan soʻng u Taiyunis taʼsiriga tushishni boshlagan.
1936-yilda Is’hoq Daganbhuiyanda, Fenida Is’hoqiya yetimxonasiga asos solgan. U oʻzining barcha koʻchmas mulklarini ushbu yetimxonaga xayriya qilgan. Is’hoq, shuningdek, masjidlar, iydgohlar va madrasalarni barpo etish uchun moliyaviy yordam bergan.
Is’hoq Taʼlim-e-Haqqani va Fuyud-e-Ishaqi nomli urdu tilidagi kitob yozgan. Unda u soʻfiylik masalalari, zikr va vositachilik (tavassut)ni bayon qilgan. U faol siyosatdan yiroq turgan, biroq Jamiat Ulema-e-Hindning mustaqillik harakatini qoʻllab-quvvatlagan.
Vafoti Is’hoq 1938-yil 18-noyabrda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Bengal soʻfiy avliyolari Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr musulmon ilohiyotchilari Turkum:as-Savlatiya madrasasi bitiruvchilari Turkum:Hanafiylar