Elgiz Nazim oʻgʻli Karamli (; 1992-yil 28-fevralda, Fuzuliyda tugʻilgan) – ozarbayjonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan. Ozarbayjon oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

Futbolchilik faoliyati

Yoshlik yillari 10 yoshidan „Shefa“ bolalar futbol maktabida tajribali murabbiy Islom Kerimov qoʻl ostida futbol bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yil davomida Shefa futbol maktabida taʼlim olgan

2004-yildan 2010-yilgacha „Qarabağ“ klubining turli yosh guruhlarida futbol asoslarini oʻrgangan. U 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar guruhidan oʻynashni boshlagan, keyin 17 yoshgacha boʻlganlar guruhiga, keyin esa jamoaning ikkinchi jamoasiga oʻtgan.

Chempionat 2010-yildan 2012-yilgacha u Agʻdamning „Qarabağ“ jamoasi sharafini himoya qilgan. 2010-yilda oʻrinbosarlar jamoalari oʻrtasida Ozarbayjon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda u mavsumning yarmini Bokuning „Neftchi“ jamoasida oʻtkazgan. 2013-yilning yanvarida, qishki transfer oynasida u Ganjaning „Kapaz“ klubiga oʻtgan va u yerda bir mavsum oʻtkazganKlublarımızın ən yeni transferləri . 2013-yilning yozida „Araz-Naxchivan“ klubi tarkibiga oʻtgan„Araz“ legionerlərini göndərdi .

Kubok „Araz-Naxchivan“ futbolchisi sifatida Ozarbayjon kubogida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

Ozarbayjon milliy jamoasi

Yoshlar terma jamoalari Ozarbayjonning 15, 17 va 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalari sharafini himoya qilganU-19 qalib gəlib .

Elgiz 2010-yilning 19-aprelida Turkiyaning Eskishehir shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati saralashida Ispaniyaga qarshi oʻyinda Ozarbayjon U-19 terma jamoasi safida debyut qilganAzerbaijan U19 vs Spain U19 0-4

Yutuqlar Araz-Naxchivan

Ozarbayjon birinchi divizioni gʻolibi: 2014

Manbalar

Havolalar Elgiz Kərəmli Transfermarkt saytida Elgiz Kərəmli Soccerway saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:Kapaz PFK futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Araz-Naxçıvan PFK futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari