Stefania Belmondo („Tiny Tornado“ laqabi bilan tanilgan; 1969-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – Italiyalik sobiq changʻi poygachisi (cross-country skiing boʻyicha), ikki karra Olimpiada chempioni va toʻrt karra jahon chempioni.
Hayoti va karyerasi Bolalik davri Belmondo Cuneo provinsiyasi Vinadioda tugʻilgan. Onasi uy bekasi, otasi esa elektr kompaniyasi xodimi boʻlgan. Faoliyati davomida u G.S. Forestale klubi sharafini himoya qilgan.
U uch yoshidan boshlab tugʻilib oʻsgan Piedmont togʻlarida changʻi uchishni boshlagan.
Faoliyati 1987-yilda FIS Nordic World Ski Championships musobaqasida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Italiya asosiy milliy terma jamoasiga qoʻshilib, 1988-yil Qishki Olimpiada oʻyinlarida (Calgary, Alberta, Canada)da ishtirok etgan. 1989-yilda u Salt Lake Cityda ilk bor Dunyo Kubogi bosqichida gʻalaba qozonib, mavsumni umumiy hisobda ikkinchi oʻrinda yakunlagan.
Ilk muvaffaqiyat, jarohat va qaytish 1991-yilgi FIS Nordic World Ski Championshipsda u 15 km masofada bronza, 4 × 5 km estafetada kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1992-yilgi (Albertville) Qishki Olimpiada oʻyinlarida esa 30 km yoʻnalishda ilk Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan.
1993-yilgi FIS Nordic World Ski Championshipsda u 5 km + 10 km kombinatsiyalangan poyga va 30 km masofada oltin, 4 × 5 km estafetada esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng oʻng oyogʻining bosh barmogʻi jarohati sababli operatsiya qilingan va 4 oy musobaqalardan chetda qolgan.
Ikkinchi operatsiyadan keyin u 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari(Lillehammer)da qatnashib, ikki bronza medal bilan cheklangan. Shifokorining tavsiyasiga qaramay, u faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. 1996–1997 mavsum uning operatsiyalardan keyingi eng muvaffaqiyatli mavsumlaridan biri boʻlib, u 5 km, 15 km va 30 km masofalarda uchta kumush medalni qoʻlga kiritgan.
1998-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari(Nagano, Japan)da u 4 × 5 km estafetada bronza va 30 km masofada kumush medalni qoʻlga kiritgan. Estafetadagi bronza ayniqsa eʼtiborga loyiq edi, chunki Belmondo oxirgi bosqichni boshlaganda Italiya jamoasi toʻqqizinchi oʻrinda edi.
Faoliyatining soʻnggi yili – 2002-yilda u Qishki Olimpiada oʻyinlarida bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritgan hamda oʻsha yilgi World Cup umumiy reytingini uchinchi oʻrinda yakunlagan.
2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari (Turin, uning tugʻilib oʻsgan Piedmont hududi) ochilish marosimida u Olimpiada mash’alasini yoqdi. Shuningdek, 2006-yilgi Turin Qishki Olimpiya oʻyinlari rasmiy saytida musobaqalar davomida oʻz his-tuygʻulari va taassurotlari haqida maxsus sahifalar yuritgan.
Olimpia oʻyinlari 10 medals – (2 oltin, 3 kumush, 5 bronza) Yil Yoshi 5 km 10 km 15 km Pursuit 20 km 30 km Sprint 4 × 5 km 1988 19 — 19 29 10 1992 23 4 5 Silver Gold Bronze 1994 25 13 4 Bronze — Bronze 1998 29 12 8 5 Silver Bronze 2002 33 Bronze Gold 11 Silver — 6
Manbalar
Turkum: