Abu al-Fadl at-Tamimiy (milodiy 952–1020/hijriy 341–410) Abdul Vohid ibn Abdulaziz ibn al-Horis ibn Asad at-Tamimiy yoki Abu al-Fadl at-Tamimiy (arabcha: أبو الفضل التميمي) 10-asr musulmon avliyosi boʻlib, Junaydiya tariqatiga mansub edi. U Abu al-Hasan at-Tamimiyning oʻgʻli va shogirdi boʻlgan. U fidokor ibodat qiluvchi va zohid edi. Uning hayoti haqida koʻp tafsilotlar maʼlum emas, faqat oilasi Yamandan ekani zikr qilingan. Uning oilasi arab at-Tamimiy qabilasiga mansub edi. U fiqhda Hanbaliy mazhabiga ergashganGregory Mack, Jurisprudence, in Gerhard Böwering et al (2012), The Princeton Encyclopedia of Islamic Political Thought, Princeton University Press, , p. 289Sunnite Encyclopædia Britannica (2014).
Asarlari Uning eng mashhur asarlaridan biri Iʼtiqod al-imom al-mubajjal Ahmad ibn Hanbal (Iʼtiqod al-imom al-munabbal Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal nomi bilan ham maʼlum).
Maʼnaviy faoliyati Abu al-Fadl Abdul Vohid Yamaniy at-Tamimiy koʻpincha fors naslidan boʻlgan soʻfiy Abu Bakr Shibliy bilan bogʻlanadiLeonard Lewisohn, „The Heritage of Sufism: Classical Persian Sufism from its origins to Rumi“, the University of Michigan, 1999. pg 53: „Two Persian Sufis – Mansur Hallaj and Abu Bakr Shibli (d. 945), the latter from Samarqand by origin but born origin in Baghdad“, ehtimol, u yoʻl-yoʻriq uchun Abu Bakr Shibliyning taʼlimotlariga murojaat qilgani bunga sabba boʻlgan boʻlishi mumkin. Biroq u bayʼatni (sadoqat qasamini) otasi Abdulaziz ibn Horis ibn Asad at-Tamimiyga bergan va undan tasavvufiy xirqayi (ruhoniy silsila boshlangich libosi) olgan. Muhaddis Shoh Valilulloh Dehlaviydan quyidagicha rivoyat qilinadi: „Abdul Vohid at-Tamimiy xirqani ham Abdulaziz at-Tamimiydan, ham Abu Bakr Shibliydan kiygan. Bu holat koʻplab ishonchli maʼnaviy silsilalarda aks etgan.“ Abu al-Fadl Abdul Vohid Yamaniy at-Tamimiy umrining koʻp qismini safarda boʻlgan holda odamlarni irshod qilish bilan oʻtkazgan. Uning koʻplab shogirdlari orasida eng mashhur xalifasi (vorisi) Muhammad Yusuf Abu al-Farrah Turtusiy ediPrince Darashikhoh, „Safina tul-Auliya“.
Maʼnaviy silsila Abu al-Fadl Abdul Vohid at-Tamimiyning faqrlik avliyo silsilasi unga otasi va murshidi Abdulaziz ibn Hars ibn Asad at-Tamimiy orqali quyidagi tartibda yetib kelgan: Muhammad Ali ibn Abu Tolib Hasan al-Basriy Habib al-Ajami Dovud Toiy Maʼruf Karxiy Sirri Saqatiy Junayd Bagʻdodiy, Junaydiya silsilasi asoschisi Abu Bakr Shibliy Abdulazīz b. al-Ḥāris b. Asad al-Tamimiy Abū al-Faḍl al-Tamīmī
Abdul Vohid at-Tamimiy oʻz xilofatini (Muhammadga vorislik maqomini) bu tariqatni davom ettirgan Muhammad Yusuf Abu al-Faraj Tarasusiyga topshirdi.
Unvonlari Xodim ush-sharīʼa (Muqaddas Shariat qoʻriqchisi) solik ut-tarīqa (Maʼnaviy yoʻl yoʻlovchisi) Voqif ul-haqīqa (Ilohiy sirlarni ochib beruvchi)
Vafoti Abu al-Fadl Abdul Vohid Yamaniy at-Tamimiy milodiy 1020-yilda vafot etgan. U Bagʻdoddagi imom Ahmad ibn Hanbal maqbarasiga dafn etilgan.
Yana qarang
at-Tamimiy Abu al-Hasan at-Tamimiy Abu Bakr Shibliy Abu Said Muborak Maxzumiy Yamanliklar roʻyxati Mashhur soʻfiylar roʻyxati Soʻfiy avliyolar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Hanbaliylar Turkum:Ashʼariylar Turkum:Bagʻdodliklar Turkum:Yamanlik soʻfiy avliyolar Turkum:9-asr yamanliklari Turkum:IX asr arablari Turkum:952-yilda tugʻilganlar Turkum:1034-yilda vafot etganlar Turkum:1020-yilda vafot etganlar