Bssisa (, Berber aḍemmin, ) qadimgi Kartagen davriga borib taqaladigan, qovurilgan arpa uniga asoslangan odatiy Tunis taomidirCp. Vermondo Brugnatelli, „Elementi per uno studio dell’alimentazione nelle regioni berbere“, in: D. Silvestri, A. Marra, I. Pinto (a c. di), Saperi e sapori mediterranei. La cultura dell’alimentazione e i suoi riflessi linguistici (Napoli, 13-16 ottobre 1999), Napoli, 2002, vol. III, pp. 1067–1089.Rula Attia, „Tunisian Bsisa“, ]. Bu turdagi taom butun Tunis boʻylab keng tarqalgan. Uning tarixi juda uzoqqa borib taqaladi va sayohatchilar hamda koʻchmanchilar uni oʻz safarlarida oʻzlari bilan olib yurishgan, chunki u ham yuqori ozuqaviy qiymatga ega, ham maydalangan kukun holatida olib yurish oson boʻlgan.

Tarkibi Bssisa — qovurilgan donlarning turli xil ziravorlar va shakar bilan aralashtirib maydalangan aralashmalaridan iborat. Aralashmaga qoʻshiladigan oʻtlar va ziravorlar turlicha boʻlishi mumkin va aralashmalar ustiga sut yoki suv qoʻshilganda suyuq holda ham isteʼmol qilinib, rovina deb ataluvchi unli ichimlik hosil qiladi.

Udumlar

Bssisa Tunis va Liviya musulmonlari hamda yahudiylari tomonidan turli munosabatlar bilan isteʼmol qilinadi.

Yahudiylar uni ayniqsa ibroniy oy taqvimidagi Nison oyining birinchi kunida isteʼmol qiladilar, chunki bu kuni Mishkan (chodir ibodatxona) qurib bitkazilgan (bu holda taom bssiset al-marqoma yoki shunchaki bssisa deb ataladi)Cp. Mordekhai Cohen, Gli ebrei in Libia. Usi e costumi, translated and annotated by Martino Mario Moreno, Firenze, Giuntina, 1994, p. 81-82. . Taom bugʻdoy va arpadan iborat kukun boʻlib, u Mishkanni qurishda ishlatilgan qorishmani ifodalaydi. Qoʻshimcha ravishda, uy bekasi oʻzining oltin uzugini bssisaga soladi, bu esa Mishkan qurilishida ishlatilgan oltinni eslatadi. Bssisa yeyilishidan avval, oilaning otasi bssisani uyining kaliti bilan aralashtirar ekan, Mishkanda ishlatilgan moyni yodga olib, arab tilida duo qiladi. Bu „yangi yil“ning „ochilishi“ni ramziy maʼnoda ifodalaydi. Ota va oila aʼzolari navbatma-navbat quyidagilarni aytadilar:

Ya fetach, Bla Neftach, Arzekna varzek menna Ya atai Bla mena!

Yana qarang Tsampa, oʻxshash tibetcha asosiy taom Arab oshxonasi Tunis oshxonasi Liviya oshxonasi Sefard yahudiylari oshxonasi

Manbalar

Turkum:Arab oshxonasi Turkum:Marokash oshxonasi Turkum:Afrika oshxonasi Turkum:Oʻrta Yer dengizi oshxonasi Turkum:Tunis oshxonasi Turkum:Liviya oshxonasi Turkum:Sefard yahudiylari oshxonasi Turkum:Tunisdagi yahudiylar va iudaoizm Turkum:Liviyadagi yahudiylar va iudaoizm