Amira Xotun () – Saljuqiylar sulolasiga mansub malika, sulton Ahmad Sanjarning qizi, Abbosiylar xalifasi al-Mustarshidning bosh rafiqasi.

Kelib chiqishi Amira Xotun sharqiy islom olamida xalifa nomidan hukmronlik qilgan Saljuqiylar sulolasiga mansub boʻlib, ushbu sulola sultonlik sifatida davlatni boshqargan.

Otasi saljuqiylar sultoni Malikshohning oʻgʻli boʻlgan, onasi esa Tojuddin Safariya Xotun edi. Amakisi sulton Muhammad I Tapar boʻlgan.

Hayoti Amira Xotun saljuqiylar sultoni Ahmad Sanjarning qizi boʻlgan. 1110-yillarda Xurosonda tugʻilgan, aniq tugʻilgan sanasi nomaʼlum.

Amira Xotun bolalik yillarini singlisi bilan birga Merv shahrida oʻtkazgan. Otasining hukmronligi davrida uning barcha opa-singillari saljuqiylar davlatidagi muhim arboblarga turmushga berilgan.

1124-yilda Amira Xotun abbosiylar xalifasi al-Mustarshidga turmushga chiqqan. Al-Mustarshid billoh bilan nikohi sababli Mustarshidi Xotun nomi bilan ham tanilgan. Saljuqiylar haramini tark etib, xalifa haramiga kirgan va xalifaning asosiy hamda yagona rafiqasiga aylangan. Haramda yopiq hayot kechirganligi sababli hayoti haqida juda oz maʼlumot saqlanib qolgan.

Turmush oʻrtogʻi davlat boshqaruvi ishlari bilan band boʻlgan. Shuningdek, Amira Xotunning amakivachchasi va qaynukasi, uning singlisi Gavhar Xotunning eri Gʻiyosiddin Masʼud bilan siyosiy kelishmovchiliklarga borgan.

Turmush oʻrtogʻi al-Mustarshid saljuqiylar sultoni Mas’udga qarshi harbiy yurish boshlagan. Mas’ud 1133-yil yanvarida Bagʻdodda aynan xalifaning oʻzidan sulton unvonini olgan edi. Qoʻshinlar Hamadon yaqinida toʻqnash kelgan. Qoʻshinlari tark etgan xalifa asir olinib, xalifalik saroyini tark etmaslikka vaʼda berganidan soʻng afv etilgan. Biroq sulton yoʻqligida xalifalik chodirida qolgan al-Mustarshid Qur’on tilovat qilayotgan paytida oʻldirilgan holda topilgan. Taxminlarga koʻra, suiqasdni shia mazhabidagi Hashshoshiylar tarafdori boʻlgan elchi amalga oshirgan boʻlib, ular xalifa va sunniy musulmon yetakchilariga nisbatan dushmanlik munosabatida boʻlgan.

Amira Xotun, ehtimol, eridan oldin yoki erining vafotidan bir necha yil oʻtib vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar Lambton, A. K. S. (1988). Continuity and Change in Medieval Persia. Bibliotheca Persica. Bibliotheca Persica. pp. 259–60, 268. ISBN 978-0-88706-133-2.

Turkum:Saljuqiy malikalar Turkum:1110-yillarda tugʻilganlar Turkum:1130-yillarda vafot etganlar Turkum:12-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari Turkum:12-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Vafot etgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar