Valentin Foubert (2002-yil 17-avgustda tugʻilgan) – fransiyalik sportchi, tramplindan sakrash sporti bilan shugʻullanadi.

2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻrtacha balandlikdagi tepalikdan tramplindan sakrash sporti boʻyicha yakkalik bahsida 5-oʻrinni egallab, Qishki Olimpiada oʻyinlari tarixida fransiyalik sportchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Sport faoliyati Foubert 2020-yilgi Oʻsmirlar Qishki Olimpiada oʻyinlarida Fransiya sharafini himoya qilgan va oʻrtacha balandlikdagi tramplindan sakrash yoʻnalishi aralash jamoaviy bahslarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yil 29-dekabrda sportchi Oberstdorf shahrida boʻlib oʻtgan 4H turnirida Jahon kubogidagi ilk ishtirokini oʻtkazib, musobaqada 55-oʻrinni egallagan. 2024-yil 13-avgustda FIS tramplindan sakrash boʻyicha Gran-pri bahslarining ochilish bosqichida 2-oʻrinni egallab, faoliyatida ilk bor Gran-pri shohsupasiga koʻtarilgan.

2025–202626-yilgi Jahon kubogi mavsumi davomida Foubert 4 marotaba kuchli oʻntalikka kirgan. Jumladan, 2025-yil 29-noyabrda beshinchi oʻrin va 2025-yil 14-dekabrda eng yaxshi natijasi – toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng sportchi 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Fransiya sharafini himoya qilish uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan.

Yirik turnirlardagi natijalari

Qishki Olimpiada oʻyinlari YilMezbonShaxsiyJamoaviyNormalKattaSuperAralash2026 Milan–Kortina 5

Jahon kubogi natijalari Umumiy holat  Mavsum Umumiy 2020–21 – 65  – N/A2021–22 –  –  – —2023–2461 53  – 482024–2527 29 37 252025–2618 22 N/A Manbalar

Havolalar

Valentin Foubert Milan–Kortina 2026 oʻyinlarida

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida tramplindan sakrovchilar Turkum:21-asr fransuz sportchilari