Stipe Perica (1995-yil 7-iyulda tugʻilgan) – xorvatiyalik futbolchi, Fargʻonaning Neftchi klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Erta martaba Perica oʻzining futbolchilik faoliyatini 2012-yilda vatani Xorvatiyada Zadar jamoasida boshlagan. Asosiy jamoadagi debyutini 2012-yil sentyabr oyida oʻtkazgan. Birinchi mavsumida Xorvatiya ligasining 20 ta oʻyinida ishtirok etib 8 ta gol va barcha musobaqalarda esa 10 ta gol urgan.
Chelsea 2013-yil 1-avgustda Perica „Chelsea“ bilan 2,5 million yevrolik transfer narxi evaziga shartnoma imzolagan. U „Chelsea“ klubiga kelganidan soʻng, klub Pericani Niderlandiyaning „NAC Breda“ klubiga ijaraga bergan.
NAC Bredaga ijara NAC Breda jamoasidagi debyut oʻyinini Roda JCga qarshi zaxiradan maydonga tushgan va oʻzining birinchi golini urgan. Bir necha hafta oʻtgach, toʻrtinchi oʻyinida „Heracles Almelo“ jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba golini urgan. 2014-yil 16-fevralda „Feyenoord“ klubiga qarshi oʻyinda zahiradan maydonga tushganidan atigi 4 daqiqa oʻtgach, maydondan chetlatilgan.
2014-yil avgust oyida uning ijara shartnomasi 2014–15-yilgi mavsum uchun uzaytirilgan. Biroq, Breda menejeri Nebojša Gudelj ishdan boʻshatilgandan soʻng, uning jamoadagi roli zahira oʻyinchiga aylantirilgan. Koʻproq oʻyin vaqtiga ega boʻlish uchun boshqa joyga oʻtishni soʻragan. 2015-yil 22-yanvarda uning NAC Bredadagi ijarasi tugagan va Chelsea Pericani 2016-yil iyunigacha Udineze klubiga ijaraga bergan.
Udineze Perica 2015-yil 8-fevralda „Napoli“ klubiga qarshi oʻyinda „Udineze“ safida debyut oʻyinini oʻtkazgan va 78-daqiqada Bruno Fernandes oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 2015-yil 4-aprelda Perica „Udineze“ safida ilk bor „Jenoa“ ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 17-may kuni Perica „Roma“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut golini („Udineze“ safidagi birinchi golini) kiritgan.
2015-yil 3-iyunda „Udineze“ Pericaning ijara shartnomasini bir yarim yilga uzaytirgan. 2015-yil 20-dekabrda Perica 2015–16-yilgi A Seriya mavsumidagi birinchi golini „Torino“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan.
2016-yil 15-iyunda „Udineze“ Pericaning shartnomasidagi transferini sotib olish haqidagi bandni faollashtirgan.
Frosinone, Kasımpasha va Mouscron jamoalariga ijara 2018-yil 18-iyulda Perica A Seriya ishtirokchisi Frosinone klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. Yanvar oyida „Udineze“ jamoasiga qaytgan va „Kosimpasha“ klubiga ijaraga berilgan.
2019-yil 23-avgustda Perica Belgiyaning Birinchi Divizioni A ishtirokchisi Mouscron klubiga 2020-yil 30-iyungacha ijaraga berilgan.
Uotford 2020-yil 7-sentyabrda Perica nomaʼlum narx evaziga 2 yillik shartnoma asosida Udinezedan EFL chempionatining „Uotford“ klubiga oʻtgan.
Stipe „Uotford“ safida 2020-yil 15-sentyabrda EFL kubogi doirasida „Oxford United“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etgan. Penaltilar seriyasida Perica oʻz golini kiritdi va „Uotford“ yakunda gʻalaba qozongan. Keyingi turda „Newport County“ ga qarshi oʻyinda Perica qoʻpolligi uchun maydondan chetlatilgan. U „Uotford“ safidagi birinchi golini 2020-yil 24-oktyabrda „Bornmut“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan.
Makkabi Tel-Aviv 2021-yil 14-avgustda Perica Isroilning „Makkabi Tel-Aviv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil 14-sentyabrda Perica yangi turnir UEFA Konferensiyalar ligasidagi birinchi golini urgan.
Standart Liège Perica 2022-yil 2-sentyabrda Belgiyaning Birinchi A divizioni vakili Standard Liège tomonidan 900 ming yevroga sotib olingan. Bu transfer klubning ruxsatisiz Isroildan ketib qolganidan bir necha kun oʻtgach sodir boʻlgan. Stipe KV Kortrijkga qarshi oʻyinda 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan.
Rijeka Perica 2024-yil 4-sentyabrda Rijeka bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.
Xalqaro karyera Perica 2013-yilda FIFA U-20 Jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Perica turnir davomida 17 yoshda edi va Xorvatiya ning eng yosh oʻyinchisi boʻlgan. 2013-yil 29-iyunda Yangi Zelandiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda 2:1 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshib, gol urgan.
Faoliyat statistikasi
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirokKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarZadar2012–13Prva HNL20842——2410NAC Breda (ijara)2013–14Eredivisie25610——2662014–15Eredivisie10310——113Jami35920——379Udinese (ijara)2014–15Serie A91———912015–16Serie A11221——133Udinese2016–17Serie A27600——2762017–18Serie A22100——221Jami691021——7111Frosinone (ijara)2018–19Serie A7010——80Kasımpaşa (ijara)2018–19Turkiya Superligasi12220——142Mouscron (ijara)2019–20Belgiya birinchi divizioni A15711——168Watford2020–21Chempionship16100—20181Maccabi Tel Aviv2021–22Isroil Premyer-ligasi341540820046172022–23Isroil Premyer-ligasi12—411063Jami351740123105220Standard Liège2022–23Belgiya Pro ligasi23420—402942023–24Belgiya Pro ligasi6012—2092Jami29432—60386Rijeka2024–25HNL6020——80Dinamo București2024–25Liga I166———1662025–26Liga I16220——182Jami32820——348Neftchi2025Oʻzbekiston Superligasi33000010433300001043Umumiy faoliyat statistikasi2796923612310032478
Yutuqlar
Klub Neftchi
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Manbalar
Havolalar Stipe Perica Xorvatiya futbol federatsiyasi saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Zadarlik futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:NK Zadar futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:NAC Breda futbolchilari Turkum:Udinese Calcio futbolchilari Turkum:Frosinone Calcio futbolchilari Turkum:Kasımpaşa S.K. futbolchilari Turkum:Royal Excel Mouscron futbolchilari Turkum:Watford F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Tel Aviv F.C. futbolchilari Turkum:Standard Liège futbolchilari Turkum:HNK Rijeka futbolchilari Turkum:FC Dinamo Buxarest futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Isroil Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga I futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ruminiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar