Shayx Hasan ibn Usmon Magdumiy (1785–1866) (tamil: செய்கு ஹஸன் இப்னு உஸ்மான் அல்-மக்தூமி) Shri-Lankaning birinchi maʼlumotlari xronologik tarzda saqlangan murush (mavlono) avliyosidir. Hasan mamlakatdagi mashhur valiylardan biri boʻlib, Shri-Lankadagi oʻz muridlari (shogirdlari) orasida Alim Sohib Appa nomi bilan tanilgan.
Hayoti Hasan 1785-yilda (hijriy 1200-yil) Gall yaqinidagi Talapitiyada joylashgan Sholay qishlogʻida tugʻilgan. Otasi alutgamalik Farid ibnning oʻgʻli Usmon Magdumiy, onasi esa gallik, Qozixonaning shayxi Muhammadning yagona qizi Fotima Siddiqadir. Hasan toʻgʻridan-toʻgʻri Abu Bakr naslidan hisoblanadi. Hasanning onasi uning tugʻilganidan toʻqqiz kun oʻtib vafot etgan va onasi vafotidan keyin uni xolasi tarbiyalagan.
Taʼlimi Hasan dastlabki taʼlimni, jumladan, Qur’on tilovati va din asoslarini madrasada olgan. U keyinchalik taʼlimni davom ettirish uchun Hindistonning Kayalpattinam shahriga borgan va u yerda Shayxuna Lebbay Alim (vafoti hijriy 1240-yil/milodiy 1824-yil) qoʻl ostida tahsil olgan. U tafsir, hadis, fiqh va boshqa diniy fanlarni Shayxuna Lebbay Alim (Shayxuna Pulavar deb ham ataladi)dan oʻrgangan.
Faoliyati Hasan oliy taʼlimini tugatgach Shri-Lankaga qaytgan. U Galle qal’asi masjidiga birinchi qozi etib tayinlangan. U Gall shahrida 42 yil yashagan. Keyinchalik u oʻz hayotining qolgan qismini Hambantota, Trinkomali, Kandi, Ganetanne, Maggona va oxir-oqibat Alutgamada oʻtkazgan. Hasan Sayid Ahmad ibn Abdulloh Bafakiy Rahimahulloh orqali Sayid Shayx Ibmi Muhammadul Jifriy (Jifriy Tongal)ning xalifaligini qabul qilgan. Hasanning yoshligida vafot etgan yagona oʻgʻli bor edi. U umrining katta qismini juda yaxshi koʻrgan ikki jiyani bilan oʻtkazgan. Ular – Muhammad Lebbe va Shayx Abdulqodir boʻlib, ular omma orasida Kaliy ar Faqin Lebbe va Shayx Hasan nomlari bilan mashhur boʻlishgan. Hasan xalifalik bilan bogʻliq barcha vakolatlarini unga (Shayx Abdulqodirga) bergan. U juda yoshligida avliyolik maqomiga erishgan. U Qohiradagi Al-Azhar universitetida tahsil olib, ilohiyot boʻyicha nomdor olim boʻlgan.
Vafoti Hasan 1866-yil 22-mayda (hijriy 1283-yil 7-muharram) 80 yoshida vafot etgan va Darga Townda, Alutgamada dafn etilgan.
Masheyk bayrami Hasan 1862-yilda „Masheyk bayrami“ni (Masheyk Kanduri) boshlab bergan. Kanduri (bayram) aslida Muhammad va soʻfiy avliyolari haqidagi ommaviy diniy qiroatlar, shuningdek, taom ulashishni anglatadi. Masheyk bayrami har yili oʻtkaziladi. Hasan vafotidan soʻng, Masheyk bayrami Shayx Hasanning maqbarasi yonida oʻtkazib kelinmoqda. 150 yillik anʼanaviy Masheyk bayrami 2012-yil 26-sentabrda boʻlib oʻtgan.
Manbalar
Turkum:1785-yilda tugʻilganlar Turkum:1866-yilda vafot etganlar Turkum:Shri-lankalik musulmonlar Turkum:XX asr musulmon ulamolari Turkum:Shri-lankalik soʻfiylar Turkum:Soʻfiy olimlar