Navekmisal xonim ( – „oʻynoqi, nozli“; 1827-yilda tugʻilgan – 1854-yil 5-avgustda vafot etgan), shuningdek, Navekvisal xonim deb ham atalgan, Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I xotini.

Navekmisal xonim taxminan 1827-yilda Kavkaz da tugʻilgan. Kavkazdagi Biberdlar oilasiga mansub malika boʻlgan. Otasi shahzoda Rustem bey Biberd, onasining ismi – malika Fatma Kizilbek. Navekmisal va uning singlisi Suzidilara xonimni Istanbuldagi xolasi malika Keşfiraz xonim tarbiya qilgan. Suzidilara xonim Abdulhamid II ning xizmatiga kirgan va 1919-yilda vafot etgan. Uni Abdulmajid I ga onasi Bezmiâlem Sulton tanishtirgan.

Navekmisal xonim 1853-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va unga „Toʻrtinchi iqbol“ unvoni berilgan. Farzandsiz. 1854-yil boshlarida, ehtimol, XIX asrda Istanbulda avj olgan sil kasalligi epidemiyasining qurboniga aylangan. 24-fevral kuni sil kasalligi bilan ogʻriganligi sababli Dolmabahçe saroyidan koʻchishiga toʻgʻri kelgan. 1854-yil 5-avgust kuni Uskudarda joylashgan Şemsipaşa saroyida vafot etgan. Vafotidan keyin Istanbuldagi Yangi masjidning sulton xonimlar maqbarasida dafn etilgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1854-yilda vafot etganlar Turkum:19-asrda sil kasalligidan vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasida sil kasalligidan vafot etganlar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:1820-yillarda tugʻilganlar