Tamina (berbercha: ⵜⴰⵎⵉⵏⴰ) yoki „yorma pirogi“ – qadimiy jazoir shirinligi boʻlib, qovurilgan va yanchilgan yorma (tilla rang, lekin kuymagan), sariyogʻ va eritilgan asaldan tayyorlanadi. Odatda u dolchin, pista yoki shakarli bodom bilan bezatiladi.
U Tamena, Taqnata yoki Takneta deb ham ataladi va anʼanaviy tarzda Jazoirda Mavlidi Nabaviy Sharif (paygʻambar Muhammadning tavalludini nishonlaydigan diniy bayram)da tortiladi. Shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloq uyga kelishi munosabati bilan ham tayyorlanadi, ammo yilning istalgan kunida pishirilishi mumkin.
Jazoirda tamina (Rfiss) deb ataladigan boshqa bir hamirli shirinlik ham bor, biroq u qovurilgan yorma, sariyogʻ va xurmo pastasi (gʻars)dan tayyorlanadi. Uni odatda jazoir yalpiz choyi yoki tamaddi paytida latte bilan isteʼmol qiladilar. Tamina koʻpincha qaragʻay yongʻogʻi bilan bezatiladi.
Tamina odatda bir necha kishi bilan birgalikda boʻlishib yeyiladi, chunki u kichik likopchalarda, kichik qoshiq bilan tortiladi. Tamina Marokashda ham uchraydi, lekin u yerda uncha mashhur emas.
Tarkibi 500 gramm oʻrtacha yanchilgan yorma 250 g eritilgan sariyogʻ 250 g asal 1 osh qoshiq apelsin gulining suvi (mazhar) Yanchilgan dolchin (bezash uchun) Shakarli bodom, pista yoki bodom (yakuniy bezak uchun)
Manbalar
__FORCETOC__
Turkum:Jazoir shirinliklari Turkum:Jazoir oshxonasi Turkum:Vegetarian taomlar