Miya oʻlimi (brain death) — miya funksiyalarining (brain function) hayotni saqlab qolish uchun zarur boʻlgan ixtiyorsiz faollikning (masalan, nafas olish) toʻxtashini ham oʻz ichiga oluvchi doimiy, ortga qaytmas va toʻliq yoʻqolishidir. U inson tirik boʻlgan va ayrim avtonom funksiyalar saqlanib qolgan surunkali vegetativ holatdan (persistent vegetative state) farq qiladi. Shuningdek, u miya va tana faoliyati hamda funksiyalari saqlanib qolgan komadan va izolyatsiya qilingan odam sindromidan (locked-in syndrome) ham farq qiladi. Tibbiy differensial diagnostika (differential diagnosis) ushbu turli holatlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi.
Miya oʻlimi koʻplab yurisdiksiyalarda huquqiy o'lim (legal death) koʻrsatkichi sifatida qoʻllaniladi. Biroq, u nomuvofiq ravishda taʼriflanadi (defined) va jamoatchilik tomonidan koʻpincha notoʻgʻri tushuniladi. Miya qismlarining bir vaqtda ishdan chiqmasligi insonni haqiqatda oʻlgan deb hisoblash masalasida savollar tugʻdiradi. „Miya oʻlimi“ atamasi turli holatlarga nisbatan qoʻllanilgan. Masalan, bir yirik tibbiy lugʻat „miya oʻlimi“ni „serebral oʻlim“ (bosh miya yarim sharlarining oʻlimi) bilan sinonim deb hisoblasa ham, AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasining MeSH (Medical Subject Headings) tizimi miya oʻlimiga miya ustuni (brainstem) oʻlimini ham kiritadi. Bu farqlar tibbiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh miyasi oʻlgan, ammo miya ustuni tirik boʻlgan insonda mustaqil nafas olish yordamsiz davom etishi mumkin. Butun miya oʻlimida esa (jumladan, miya ustuni oʻlimida) nafas oldirishni (ventilation) faqat hayotni taʼminlovchi uskunalar amalga oshiradi. Ayrim mamlakatlarda miya oʻlimi qayd etilgan bemorlarning organlari organ donorligi (organ donation) uchun jarrohlik yoʻli bilan qonuniy ravishda olinishi mumkin."INTERNATIONAL REPORT ON ORGAN DONATION AND TRANSPLANTATION ACTIVITIES 2023," Global Observatory on Donation and Transplantation, published December 2024, https://www.transplant-observatory.org/wp-content/uploads/2024/12/2023-data-global-report-17122024.pdf.
Tibbiy-huquqiy tarix Miya oʻlimi — barcha miya funksiyalari, jumladan, miya ustunining toʻliq va ortga qaytmas yoʻqolishi sababli insonning tibbiy-huquqiy oʻlimidir. Miya oʻlimi taʼrifi koʻplab hududlarda qabul qilingan boʻlsa-da, u bugungi kunda tibbiy etikaning eng murakkab mavzularidan biri boʻlib qolmoqda. Oʻlimning operatsion ta'rifi (operational definition) aniq tibbiy-huquqiy oqibatlarga (tibbiy huquqshunoslik va tibbiy qonunchilikda) ega. Anʼanaga koʻra, ham huquqiy, ham tibbiy hamjamiyatlar oʻlimni klinik o'lim (clinical death) holatidagi muayyan tana funksiyalarining, ayniqsa, nafas olish va yurak urishining butkul toʻxtashi orqali aniqlagan. Tibbiyot hamjamiyatining nafas olishi, yurak urishi yoki boshqa tashqi hayot belgilari boʻlmagan odamlarni reanimatsiya qilish qobiliyati oshishi bilan oʻlimning boshqa taʼrifiga ehtiyoj tugʻildi. Bu esa huquqiy oʻlim masalasini kun tartibiga chiqardi. Hayotni taʼminlovchi uskunalar va organ transplantatsiyasi (organ transplantation) imkoniyatlarining kengayishi ushbu masalani yanada dolzarblashtirdi.
1960-yillardan boshlab organ transplantatsiyasi dasturlari faol boʻlgan barcha mamlakatlarda oʻlimni aniqlashni tartibga soluvchi qonunlar joriy etildi. 1971-yilda Finlandiya miya oʻlimini oʻlimning huquqiy taʼrifi (yoki koʻrsatkichi) sifatida qabul qilgan birinchi Yevropa davlati boʻldi. AQShda esa Kanzas shtati bundan oldinroq shunga oʻxshash qonunni qabul qilgan edi.
Harvard tibbiyot maktabi (Harvard Medical School) qoshidagi ad hoc qoʻmitasi 1968-yilda ortga qaytmas komani taʼriflash boʻyicha muhim hisobotni eʼlon qildi. Harvard mezonlari asta-sekin hozirgi miya oʻlimi tushunchasiga nisbatan konsensus shakllanishiga xizmat qildi. 1976-yildagi Karen Ann Quinlan ishi (Karen Ann Quinlan case) ortidan AQSh shtat qonunchilik organlari miya oʻlimini oʻlim koʻrsatkichi sifatida qabul qilishga kirishdilar. 1981-yilda Prezident komissiyasi „Oʻlimni belgilash: oʻlimni aniqlashdagi tibbiy, huquqiy va etik masalalar“ deb nomlangan muhim hisobotni taqdim etdi. Hisobotda oʻlimga „yuqori miya“ yondashuvi rad etilib, uning oʻrniga „butun miya“ taʼrifi yoqlangan. Ushbu hisobot 39 shtatda qabul qilingan O'limni aniqlashning yagona to'g'risidagi akt (Uniform Determination of Death Act) uchun asos boʻldi. Bugungi kunda AQShning huquqiy va tibbiy hamjamiyatlari „miya oʻlimi“ni oʻlimning huquqiy taʼrifi sifatida ishlatadi. Bu esa hayotni taʼminlovchi uskunalar tana metabolik jarayonlarini saqlab turgan boʻlsa ham, insonni huquqiy jihatdan oʻlgan deb eʼlon qilish imkonini beradi.
Buyuk Britaniyada Qirollik shifokorlar kolleji (Royal College of Physicians) 1995-yilda hisobot eʼlon qildi. Unda 1976-yilda nashr etilgan testlar miya oʻlimini aniqlash uchun yetarli ekanligi haqidagi 1979-yilgi daʼvodan voz kechildi. Buning oʻrniga oʻlimning faqat miya ustuni funksiyasining ortga qaytmas yoʻqolishiga asoslangan yangi taʼrifi taklif qilindi. Ushbu yangi taʼrif — ong va mustaqil nafas olish qobiliyatining ortga qaytmas yoʻqolishi, hamda oʻsha holatni tasdiqlash uchun oʻzgarmagan 1976-yilgi testlar keyingi Amaliyot kodekslarida organ transplantatsiyasi maqsadida oʻlimni sertifikatlash asosi sifatida qabul qilingan."A Code of Practice for the Diagnosis and Confirmation of Death." Academy of Medical Royal Colleges, London, 2008American Academy of Neurology. (2000, January 13). Spontaneous Movements Often Occur After Brain Death. Science Daily. Avstraliya va Yangi Zelandiya Intensiv terapiya jamiyati (ANZICS) bayonotiga koʻra, „miya oʻlimini aniqlash uchun klinik sharoitda ortga qaytmas boʻlgan reaksiyasiz koma, miya ustuni reflekslarining yoʻqligi va nafas olish markazi funksiyasining yoʻqligi talab qilinadi. Xususan, nevrologik funksiyaning ortga qaytmas yoʻqolishiga mos keladigan oʻtkir miya patologiyasining (masalan, bosh miya shikastlanishi, kalla ichi qon quyilishi, gipoksik ensefalopatiya) aniq klinik yoki neyrovizualizatsiya dalillari boʻlishi kerak“. Braziliyada Federal Tibbiyot kengashi 2017-yilda oʻz qoidalarini qayta koʻrib chiqdi. Unga koʻra, bemor oʻziga xos fiziologik shartlarga javob berishi va shifokor miya oʻlimi tashxisini qoʻyishdan oldin bemorga optimallashtirilgan yordam koʻrsatishi, qoʻshimcha testlar oʻtkazishi hamda ushbu tashxisni qoʻyuvchi shifokorlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi zarur.
2020-yilda xalqaro ekspertlar paneli — Butunjahon miya oʻlimi loyihasi (World Brain Death Project) quyidagi koʻrsatmalarni (guideline) eʼlon qildi:.Kattalar va bolalarda nevrologik mezonlar boʻyicha miya oʻlimini/oʻlimni (BD/DNC) aniqlash uchun minimal klinik standartlar boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, turli klinik holatlar uchun aniq yoʻriqnomalar beradi. Ushbu tavsiyalar xalqaro jamiyatlar tomonidan keng qoʻllab-quvvatlangan boʻlib, ular professional birlashmalar va mamlakatlarga miya oʻlimini aniqlash protokollarini ishlab chiqish yoki qayta koʻrib chiqishda yordam beradi. Bu esa mamlakatlar ichida va ular orasida katta izchillikka erishish imkonini beradi (Greer et al., 2020).Greer va boshqalar tomonidan 2020-yilda nashr etilgan Butunjahon miya oʻlimi loyihasi miya oʻlimini aniqlash boʻyicha eng keng qamrovli va global darajada tan olingan tavsiyalarni taqdim etadi. Kelishuv bayonoti kattalar va bolalarda miya oʻlimi tashxisini qoʻyish protokollarida batafsil dalillarni oʻz ichiga oladi. U standart klinik jarayonga, zarurat tugʻilganda qoʻshimcha testlarga va qiyin holatlardagi maxsus mulohazalarga eʼtibor qaratadi. Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri yagona xalqaro tizimni yaratish orqali miya oʻlimi tashxisidagi tafovutlarni kamaytirishdir.
Tibbiy mezonlar Tabiiy harakatlar, yaʼni Lazarus sign yoki Lazar refleksi deb ataluvchi holatlar organlari sunʼiy hayot taʼminoti orqali ishlab turgan miya oʻlimi holatidagi bemorlarda kuzatilishi mumkin. Ushbu harakatlarni keltirib chiqaradigan tirik hujayralar miya yoki miya ustunidan emas, balki orqa miyadan (spinal cord) kelib chiqadi. Baʼzan tana harakatlari oila aʼzolarida notoʻgʻri umid uygʻotishi mumkin.
Miya oʻlimi holatidagi shaxsda fizikal tekshiruv (physical examination) oʻtkazilganda miya funksiyasining klinik dalillari mavjud boʻlmaydi. Bu holat og'riqqa javob bermaslik va kalla nervlari reflekslarining yoʻqligini oʻz ichiga oladi. Reflekslar qatoriga qorachiqning torayishi (fiksatsiyalangan qorachiqlar), okuloatsefalik refleks, shoxparda refleksi, kalorik testga javob bermaslik va ixtiyorsiz nafas olmaslik kiradi.
Miya oʻlimini baʼzan barbiturat dozasini oshirib yuborish, oʻtkir alkogoldan zaharlanish, sedativ moddalar dozasi oshishi, gipotermiya, gipoglikemiya, koma va surunkali vegetativ holatlar kabi boshqa tibbiy holatlardan farqlash qiyin kechishi mumkin. Ayrim komatoz bemorlar komadan oldingi yoki unga yaqin funksionallik darajasiga qaytishi mumkin. Shuningdek, ogʻir qaytmas nevrologik disfunksiyasi boʻlgan baʼzi bemorlar miya poʻstlogʻi va miya ustuni funksiyalari yoʻqolganiga qaramay, ixtiyorsiz nafas olish kabi pastki miya funksiyalarini saqlab qoladilar. Anensefaliya holati bunga misol boʻla oladi.
Miyaning elektr faolligi toʻliq toʻxtashi yoki aksariyat uskunalar aniqlay olmaydigan darajada past darajaga tushishi mumkin. Shuning uchun elektroensefalogramma (EEfG) „tekis chiziq“ koʻrinishida boʻladi, garchi bu holat baʼzan chuqur anesteziya yoki yurak to'xtashi paytida ham kuzatilsa-da. AQShda oʻlimni tasdiqlash uchun tekis EEfG testi talab etilmasa ham, u tasdiqlovchi qiymatga ega deb hisoblanadi. Buyuk Britaniyada esa u ahamiyatsiz deb topilgan, chunki u miya ustunidan yuqori qismlarda koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday faollik Amaliyot kodeksi mezonlari boʻyicha oʻlim tashxisiga taalluqli emas deb hisoblanadi."A Code of Practice for the Diagnosis of Death". Academy of Medical Royal Colleges, London, 2008
Miya oʻlimi tashxisi holatning ortga qaytmasligiga ishonch hosil qilish uchun koʻpincha oʻta qatʼiy talablarni qoʻyadi. Huquqiy mezonlar turlicha, ammo umuman olganda, ikki mustaqil shifokor tomonidan nevrologik tekshiruv oʻtkazilishi talab etiladi. Miya oʻlimi testlari miya funksiyasining (Buyuk Britaniyada miya ustuni funksiyasining) toʻliq va ortga qaytmas yoʻqligini koʻrsatishi kerak. Bu tekshiruvlar orasida 24 soat farq bilan (boshqa mamlakatlarda, agar sabab aniq jismoniy travma boʻlsa, kutilish muddati kamroq) oʻtkazilgan ikkita izoelektrik (tekis chiziqli) EEfG boʻlishi mumkin. Agar tashxis EEfG mezonlariga koʻra qoʻyilayotgan boʻlsa, bemorning tana harorati meʼyorda boʻlishi va u miya faoliyatini susaytiruvchi dori vositalaridan xoli boʻlishi kerak. thumb|Radionuklidli skanerlash: Kalla ichi qon aylanishi mavjud emas. "hot-nose" sign koʻrsatilgan. Shuningdek, kalla ichi qon aylanishining butunlay yoʻqligini koʻrsatuvchi radionuklidli miya qon aylanishi skanerlashi ham boshqa tekshiruvlar bilan birga koʻrib chiqilishi kerak — miyaning vaqtinchalik shishishi, ayniqsa birinchi 72 soat ichida, vaqt oʻtishi bilan tuzalishi mumkin boʻlgan bemorda notoʻgʻri musbat natijaga olib kelishi mumkin.
KT-angiografiya (CT angiography) tashxis qoʻyish uchun talab etilmaydi va u yetarli test hisoblanmaydi.
Tasdiqlovchi testlar faqat 1 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zarurdir. Kattalar va katta yoshdagi bolalar uchun testlar ixtiyoriy hisoblanadi. Tasdiqlovchi testlarni talab qilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarga miya ustuni reflekslarini aniqlash qiyin boʻlgan ogʻir yuz jarohatlari, avvaldan mavjud qorachiq anomaliyalari hamda ogʻir uyqu apnoesi va/yoki oʻpka kasalligi boʻlgan bemorlar kiradi. Tasdiqlovchi testlarga quyidagilar kiradi: serebral angiografiya, elektroensefalografiya, transkranial Dopler ultratovush tekshiruvi va serebral ssintigrafiya (texnetsiy Tc 99m ekzametazim). Serebral angiografiya miya oʻlimini aniqlashda eng sezgir tasdiqlovchi test hisoblanadi.
Organ donorligi