Soliha Naciye Kadın ( – „taqvodor“, „najot topgan va ozod qilingan“; asl ismi – Zeliha Ankuap; 1887-yilda tugʻilgan – 1923-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning soʻnggi xotini.

Yoshligi Kelib chiqishi abxazlardan boʻlgan Soliha Naciya Kadın 1887-yilda tugʻilgan. Asl ismi Zeliha Ankuap boʻlib, Aslan Bey Ankuapning qizi boʻlgan. 1901-yilda Kabasakal Mehmed posho uni Yıldız saroyida xizmat qilishi uchun taqdim etgan, bu yerda Usmoniylar saroyi odatiga koʻra uning ismi Soliha Naciye deb oʻzgartirilgan.

Turmush qurishi Xizmatining 3-yilida sulton Abdulhamidning eʼtibori Soliha Naciyega tushgan va ular 1904-yil 4-noyabrda Yıldız saroyida turmush qurishgan. Soliha oʻsha paytda 17 yoshda, sulton esa 62 yoshda boʻlgan. U sultonning soʻnggi, yaʼni 13-xotini edi. Soliha Naciyega „Oltinchi Iqbol“ unvoni berilgan. U juda muloyim va kamtar edi, sulton uning bu xislatlarini qadrlagan. Ularning nikohidan 1 yil oʻtib, 1905-yil 17-mayda Soliha ilk farzandi, oʻgʻli Shahzoda Muhammad Obidni dunyoga keltirgan. 3 yildan soʻng 1908-yil 16 yanvarda esa ikkinchi farzandi, qizi Samiya Sulton tugʻilgan. Biroq qizi 1909-yil 24-yanvarda vafot etgan. Qizi tugʻilgach, Solihaga „Beshinchi Kadın“ faxriy unvoni berilgan va u Soliha Naciye Kadın deb atala boshlangan. Soliha Naciye sulton Abdulhamid II ning eng sevimli xotini boʻlib, undan keyin Mushfiqa Kadın va Fatma Pesend xonim turgan.

1909-yilgi qoʻzgʻolon chogʻida Kabasakalning („egri soqol“) soqoli qirilgan va omma oldida osib oʻldirilgan. 1909-yil 27-aprelda esa sulton Abdulhamid taxtdan agʻdarilib, Salonikiga surgun qilingan. Naciye u bilan juda yaqin boʻlgani uchun oʻzi va oʻgʻli Obid ham uni kuzatib borgan. Biroq 1912-yilda Saloniki Yunoniston qoʻliga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytarilgan va Beylerbeyi saroyiga joylashtirilgan. U yerda 1918-yilda vafot etgan. Soliha Naciye Abdulhamidni tark etishdan bosh tortgan va Mushfiqa Kadın bilan birgalikda Beylerbeyi saroyida uning vafotiga qadar birga qolishga ruxsat soʻragan. Pesend xonim esa buning uchun ruxsat ololmagan va shu sababli erini boshqa hech qachon koʻrmagan. Pesend xonim bundan juda koʻp iztirob chekkan, hatto sultonning vafotidan keyin aza ramzi sifatida sochini qirdirgan.

Soʻnggi yillari va vafoti Sulton Abdulhamidning vafotidan soʻng, Soliha Naciye Serencebeyda joylashgan Shahzoda Mehmed Salimning saroyida yashash uchun koʻchib oʻtgan.

Soliha Naciye Kadın 1923-yilda vafot etgan va Divan Yolu koʻchasida joylashgan sulton Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Shahzoda Muhammad Obid 1905-yil 17-may 1973-yil 8-dekabr ikki marta uylangan, farzandsiz Samiya Sulton 1908-yil 16-yanvar 1909-yil 24-yanvar Yıldız saroyida tugʻilgan va oʻsha yerda zotiljamdan vafot etgan. Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1887-yilda tugʻilganlar Turkum:Batumliklar Turkum:1923-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulhamid II Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari