Abdulhamid II yodgorligi yoki Haydarposha toʻgʻoni – Istanbuldagi Haydarposha temir yoʻl vokzali roʻparasidagi toʻlqin qaytargichda joylashgan yodgorlik. Meʼmor Aleksandr Vallavri tomonidan sulton Abdulhamid II ning taxtga chiqishi 25-yilligi munosabati bilan qurilgan. Butunlay marmardan yasalgan bu yodgorlik 1902-yilda qurib bitkazilgan va 21-sentyabrda, yaʼni Abdulhamid II ning tugʻilgan kunida tantanali ravishda ochilgan.

Tasvirlari Yodgorlikning quruqlik tomonida tugʻro va bir bitik, dengiz tomonida esa gerb tasviri mavjud. Bugungi kunda yodgorlikdagi tugʻro, gerb va yozuv oʻzining asl holida saqlanib qolmagan.

Manbalar

Turkum:1902-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Abdulhamid II