Artem Romanovich Kozak (; 1998-yil 28-mayda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Oleksandriya jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Biografiyasi Artem Volin viloyatining Kovel shahrida tugʻilgan. Otasi qurilish ishchisi, onasi esa musiqa oʻqituvchisi boʻlgan. U toʻqqiz yoshida Volodimir-Volinskiyning BRV-VIK klubida futbol oʻynay boshlagan. Artem keyinchalik Kiyevning „Dinamo“ yoshlar akademiyasidan taklifnoma olgan va u yerda 2013-yilgacha oʻynagan. Kiyev klubining yoshlar va oʻsmirlar jamoalarida oʻynagan va jamoa bilan UEFA Yoshlar Ligasida oʻynagan. 2014/15-yilgi mavsumida yana BRV-VIK klubida oʻynagan.
„Dinamo“ bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Gretsiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda PAOK bilan shartnoma imzolagan. U Saloniki klubining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynaggan. 2016/17-yilgi mavsumida u Gretsiya yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va keyingi mavsumda turnirda gʻolib chiqqan. Shuningdek, u UEFA Yoshlar Ligasida Gretsiya klubi safida ham oʻynagan. U faoliyatini Gretsiyada davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlgan, mahalliy klublardan birida ijara asosida oʻynadi, ammo Ukrainaga qaytishga qaror qilgan.
Klubdagi faoliyati U Ukraina Premyer-ligasidagi debyutini 2019-yil 24-fevralda „Arsenal Kiyev“ jamoasi safida „Desna Chernihiv“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
2024-yil 20-avgustda Kozak Oleksandriya bilan ikki mavsumlik shartnoma imzoladi.
2019-yil 23-iyulda u Lvovga yetib keldi va 2019-yil 31-iyulda u „Karpati“ safida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazdi.
2020-yil 27-avgustda OAV futbolchining „Chornomorets Odesa“ga qoʻshilgani haqida xabar berdi.
Yutuqlar Chornomorets Odessa
Ukraina Birinchi ligasi gʻolibi: 2020-21
Manbalar
Havolalar Artem Kozak Polissyafc saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Arsenal Kiyev futbolchilari Turkum:FC Karpaty Lviv futbolchilari Turkum:FC Chornomorets Odesa futbolchilari Turkum:FC Polissya Zhytomyr futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar