Trepča qamali Mehmed II tomonidan 1455-yildagi ikkinchi serb yurishida amalga oshirilgan qamal.

Tarixi Gʻarbdagilar salib yurishidan voz kechgan bir paytda, sulton Mehmed tinchlik shartnomasi imzolanganiga qaramay, ikkinchi Serbiya yurishini boshladi. Vengriyadagi tayyorgarliklar tufayli sulton bergan vaʼdalarini va ular bilan bogʻliq oʼzining barcha majburiyatlari bajarishga majbur emas hisobladi.

Sulton Mehmed Edirnega qaytishi bilanoq vengerlar va serblar qurollanib, Nish va Kosovo atrofini egallab oldilar. Sulton esa yana qoʻshini bilan yurishga otlandi.

Qamal Serb yetakchisi 1454-yildagi kabi Usmoniylarga ochiq qarshilik koʻrsatmadi. Shahar va qal’alar askarlar va zahiralar bilan taʼminlangan edi. Qishloq aholisiga esa qal’alar, oʻrmonlar va togʻlarga qochish tavsiya etildi. Davlatning yangi poytaxti Smederevo uzoq qamalga tayyor edi. Georg xotini, farzandlari hamda saroydan yana bir necha kishini olib, Dunayni kesib Vengriyaga oʻtdi. Vengriyaning janubiy qismida uning yer va qal’alari bor edi. Georg Vengriyada ularni hech qanday xavf kutmayotganiga ishonch hosil qilgan edi, chunki u Vengriyaning siyosiy yetakchilaridan biri John Hunyadi bilan tinchlik shartnomasini tuzgan edi.

Sulton Mehmed 1455-yilda oʻz qoʻshinini janubiy Serbiya tomon yoʻnaltirdi hamda Trepça, Novo Brdo va kumush konlarini egallab oldi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi janglar