Al-Munzir VI ibn an-Nu’mon () Laxmiylar sulolasining qadimiy al-Hira shahrida hukmronlik qilgan soʻnggi vakili. Al-Maʼrur laqabi bilan ham tanilgan. An-Nu’mon III ibn al-Munzirning oʻgʻli edi. Fors hokim Azadbehdan keyin taxtga kelib, al-Hira ustidan Laxmiylar hukmronligini vaqtincha tiklagan. Hukmronligi qisqa boʻlib, atigi sakkiz oy davom etgan. Biografiyasi Bolalik davri Al-Munzir an-Nu’mon III ibn al-Munzirning oʻgʻli boʻlgan. Al-Maʼrur unvoniga ham ega edi. Laxmiylar sulolasiga mansub boʻlib, yoshlik davri haqida juda kam maʼlumot saqlanib qolgan. Vaqtinchalik hukmronligi va oʻlimi Forsiy hokim Azadbeh 633-yilda Roshidun xalifaligining musulmon qoʻshinlari al-Hiraga bostirib kirgach, oʻz hokimiyatidan voz kechib, qochib ketgan. Shundan soʻng hokimiyat yana Laxmiy oilaga qaytib, al-Munzir taxtni egallaganMubarakpuri, Saifur Rahman (2008). The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet. Dar-us-Salam Publications. . Biroq, uning hukmronligi atigi sakkiz oy davom etgan. Bu muddat ichida Xolid ibn Valid boshchiligidagi musulmon qoʻshinlari uning hududlariga yurish boshlagan. Tarixchi Muhammad ibn Habib al-Bagʻdodiyning maʼlumotiga koʻra, al-Munzir musulmonlarga qarshi jangda Javatha nomli joyda (hozirgi al-Ahsa muhofazasi) halok boʻlgan. Merosi Al-Munzir al-Hiraning soʻnggi Laxmiy hukmdori boʻlgan. Uning vafoti bilan hukmron sulola barham topgan. Al-Munzir vafot etgan 633-yilda Hira jangidan soʻng musulmonlar Mesopotamiyaning boshqa hududlari kabi al-Hirani ham oʻz nazoratiga olgan. Diniy mansubligi Al-Munzir VI nestoriy boʻlgan boʻlishi mumkin. Chunki Laxmiylar sulolasi asosan nestorianlik eʼtiqodiga mansub boʻlgan. Biroq, Ibn Habib Kitāb al-Muḥabbar asarida al-Munzirni „murtad“ deb tilga olgan. Bu atama uning Islomni qabul qilib, keyinchalik undan qaytgan boʻlishi ehtimolini anglatadi. Manbalar
Turkum:7-asr arablari Turkum:7-asr Oʻrta Sharq monarxlari Turkum:Mesopotamiyadagi arab xristianlar Turkum:Laxmiy qirollar Turkum:Sosoniylar imperiyasida xristianlar Turkum:Sosoniylar imperiyasining vassal hukmdorlari Turkum:Sosoniylar imperiyasi arablari Turkum:Sharqiy cherkov xristianlari