Hama qasri () – Suriyaning Hamo shahrida, Osi daryosi boʻyida joylashgan, asosan, vayronalar holida saqlangan shahar.
Tarixi Mazkur hudud tarixi Salavkiylar davriga borib taqaladi. Keyinchalik qalʼani rimliklar egallagan boʻlib, Abu Ubayda ibn Jarroh egallaguniga qadar ularning nazorati ostida boʻlgan. Shundan soʻng hudud Qarmatlar, Mirdosiylar va Saljuqiylar hukmronligi ostida boʻlgan.
Shahar 1157-yilgi Hama zilzilasi chogʻida vayron boʻlgan. Shundan soʻng, Zangiylar va Ayyubiylar tomonidan qayta tiklangan. Biroq 1258-yilda moʻgʻullar tomonidan yana yakson qilingan. Keyinchalik sulton Baybars uni qayta qurdirgan, ammo usmoniylar davrida inshoot strategik ahamiyatini yoʻqotib, undan deyarli hech narsa qolmagan.
thumb|1936-yilda qalʼaning osmondan koʻrinishi Qalʼa hududida 1931 va 1938-yillarda Daniya ekspeditsiyasi qazishma ishlarini amalga oshirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Suriyadagi qalʼalar Turkum:Hama muhozafasi tarixi Turkum:Hama muhozasi binolari va tuzilmalari