Amadiya Katta masjidi (; ), shuningdek, Amadiya jome masjidi deb ham yuritiladi, Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Amadiya shaharchasida joylashgan masjid. Milodiy 1177-yilda Abbosiylar xalifaligi davrida bunyod etilgan va bir necha bor taʼmirlangan.
Tavsifi Ramziy maʼnoga ega, balandligi ga yetadigan minora XV asrda sulton Husayn al-Vali hukmronligi davrida qad rostlagan. Minorada yuqoriga olib chiqadigan spiral zinapoya mavjud. Ushbu minora koʻpincha Mosuldagi an-Nuriy jome masjidi minorasi bilan qiyoslanadi. XVIII asrda sodir boʻlgan bir bosqin chogʻida minoraning gumbaziga shikast yetgan, soʻngra taʼmirlangan. 1961-yilda masjid Iroq hukumati tomonidan uyushtirilgan havo hujumlarida zarba olgan, buning oqibatida minoraning yuqori qismi zarar koʻrgan. Keyinchalik asl toshlardan foydalanilgan holda qayta tiklangan.
Masjid haram hamda alebastr, loy va toshdan qurilgan bir nechta gumbazlarga ega. Haram 2 qismga boʻlingan: yuqori qismi Sulton Husayn tomonidan bunyod etilgan, pastki qismi esa ayollar uchun moʻljallangan ibodat xonasidir. Masjid umumiy hisobda maydonni egallaydi va 300 nafargacha ibodat qiluvchini sigʻdira oladi.
Masjid tarkibida tarixiy madrasa ham mavjud boʻlib, ushbu madrasa bir vaqtlar shahardagi eng yirik taʼlim muassasasi hisoblangan. Madrasa diniy yoʻnalishdagi fanlar, jumladan, fiqh va arab tilidan taʼlim bergan. Ushbu madrasa Sulton Husayn tomonidan yangidan taʼmirlangan. Janubiy qismida ravoqlar va gumbazga ega masjid, shuningdek, fiqhga oid asarlar saqlanadigan kutubxona mavjud.
Galereya
Yana qarang
Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:12-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:Amadiya Turkum:1177-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:1170-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar