Yusuf Isʼhoq masjidi () – Singapurning Woodlands mintaqaviy markazida joylashgan masjid. Masjid qurilishi bosh vazir Lee Hsien Loong tomonidan 2013-yilgi Milliy bayram anjumani doirasida eʼlon qilinganYusof Ishak Mosque to be completed by end 2016 .. Singapurning birinchi prezidenti Yusuf Isʼhoq nomi bilan atalgan.
Masjid 2017-yil 14-aprel kuni rasmiy ravishda omma uchun ochilgan, marosimni sobiq prezidentning bevasi Nur Oysha xonim ochib bergan. Shuningdek, tadbirda bosh vazir Lee Hsien Loong hamda Musulmonlar ishlari boʻyicha masʼul vazir Yoqub Ibrohim kabi mehmonlar ishtirok etgan.
Meʼmoriy xususiyatlari 18 million dollardan ortiq mablagʻ evaziga barpo etilgan Yusuf Is’hoq masjidi Masjidlar qurilishi va Mendaki jamgʻarmasi dasturi doirasida qurilgan 26-masjid hisoblanadi. Masjidning dizayni va meʼmorchiligi prezident Yusuf Is’hoqning rasmiy va shaxsiy qarorgohlaridan ilhomlangan holda yaratilgan. Shuningdek, anʼanaviy masjid xususiyatlari malay dunyosi, yaʼni Nusantara merosi bilan uygʻunlashtirilgan. Odatdagi masjidlardan farqli oʻlaroq, ushbu inshootda ulkan ustunlar yoki gumbaz yoʻq.
Namozxona 4500 kishini sigʻdira oladi, keksalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda jihozlangan. Shuningdek, koʻp maqsadli zal, konferensiya zali, ancha katta auditoriya, oʻqitish uchun moʻljallangan seminar xonalari va tom terassaga ham ega.
Yana qarang Singapurda islom
Manbalar
Turkum:2017-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Singapurdagi masjidlar