Ahmad masjidi (Javiy: مسجد أحمد) – Singapurning Queenstown shaharchasi janubidagi Pasir Panjang mahallasi, Lorong Sarhad koʻchasi boʻylab joylashgan masjid. 1934-yilda kichik qishloq masjidi sifatida barpo etilgan, keyinchalik kengaytirilib, yirik, zamonaviy inshootga aylantirilgan.

Tarixi 1934-yilda sobiq kema kapitani Ahmad Yahyo Lorong Sarhaddagi malay qishlogʻi uchun masjid qurish maqsadida yer hadya qilgan. Asl masjid binosining hajmi kichik boʻlganligi tufayli zamonaviy talablarga javob bermaydi deb topilgan va 2001–2004-yillarda qayta qurilgan. Qayta qurish jarayonida masjid binosi kamida 1000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladigan darajada kengaytirilgan, shu bilan birga asl masjidning anʼanaviy malay meʼmoriy xususiyatlari saqlab qolingan.

Yana qarang Singapurda islom Singapurdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:1934-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Singapurdagi masjidlar