Sulaymon II, shuningdek Rukniddin Sulaymon Shoh (arabcha: رکن الدین سلیمان شاه) nomi bilan ham tanilgan, 1196–1204-yillar orasida Rum saljuqiy sultoni boʻlgan.
Qilich Arslon II ning oʻgʻli boʻlgan Sulaymon 1196-yilda akasi sulton Kayxusrav Ini taxtdan agʻdarib, sulton boʻldi.
Sulaymon qoʻshni hukmdorlar bilan jang qilib, sultonlik hududlarini kengaytirdi. 1201-yilda u Arzirumni zabt etdi va 1202-yilda uni Muğiziddin Toʻgʻrulshohga mulk sifatida berdi. Vizantiyaliklar bilan urushlarda muvaffaqiyat qozongan Sulaymon 1203-yilda boʻlib oʻtgan Basiyan jangida gruzinlar tomonidan tor-mor etildi.
Sulaymon 1204–1205-yillarda uning oʻgʻli Qilich Arslon III tomonidan taxtdan tushirilgan, shundan soʻng esa Kayxusrav I Konyaga bostirib kirib, Qilichni hokimiyatdan chetlatdi va ikkinchi bor taxtga oʻtirdi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:12-asr Rum sultonlari Turkum:1204-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asr Rum sultonlari