Al-Faruq Umar ibn al-Xattob masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan masjid. Islom payg‘ambari Muhammadning sahobasi Umarning nomi bilan ataladi. Umar Abu Bakr Siddiqdan keyin ikkinchi xalifa boʻlgan va haqiqatni yolgʻondan ajrata oluvchi maʼnosidagi „Al-Faruq“ laqabini olgan. Al-Faruq Umar ibn Al Xattob masjidi aynan shu joyda 1986-yilda tashkil etilgan.
Binoda 2003-yilda, keyinchalik 2011-yilda taʼmirlash ishlari oʻtkazilgan. Taʼmirlash ishlari Xalaf Ahmad al-Habtur tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Masjid 2011-yil 29-iyulda omma uchun ochilgan.
Al-Faruq Umar ibn al-Xattob masjidi 2000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi.
Loyiha Masjidning asosiy gumbazining balandligi taxminan 30 metrga yetadi. Bundan tashqari, asosiy gumbaz atrofida 15 ta kichik gumbaz hamda 4 ta yarim gumbaz mavjud.
Masjidning umumiy maydoni 4 200 kvadrat metrni tashkil etadi.
Manbalar
Havolalar Gulf News In Pictures Al Farooq Mosque during Eid The National- Al Farooq Omar Bin Al Khattab Mosque
Turkum:Dubaydagi masjidlar Turkum:2011-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi gumbazli masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi minorali masjidlar Turkum:21-asr Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar