Kartoshka radiusi – asteroid yoki boshqa kichik osmon jismi massasi yetarli darajaga yetib, uning tortishish kuchi shaklni yumaloqlashtira boshlaydigan oʻlcham chegarasi hisoblanadi.

Ushbu mezon jismning gidrostatik muvozanatga erisha olishi bilan bogʻliq boʻlib, mitti sayyoralarni Quyosh tizimidagi kichik osmon jismlaridan farqlashda qoʻllanadi.

Kartoshka radiusi tushunchasi Kanberradagi Avstraliya milliy universiteti olimlari – Charles Lineweaver va Marc Norman tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ular kartoshkasimon shaklga ega jismlarni toʻliq sharsimon jismlardan ajratib turuvchi obyektiv sayyora taʼrifini birinchi boʻlib taklif qilishgan. Yana qarang Mitti sayyora § Gidrostatik muvozanat Gidrostatik muvozanat Taʼsir doirasi

Manbalar

Turkum:Astronomiyadagi tushunchalar