Sayyida Sukayna masjidi yoki Sayyida Sakina masjidi – Misrning Qohira shahrida joylashgan tarixiy masjid. Afsonaviy rivoyatlarga koʻra, Sakina, yaʼni Husayn ibn Alining qizi dafn etilgan joyni oʻz ichiga oladi. Hozirgi bino 1904-yilda qurilgan. Inshoot Qohiraning tarixiy al-Xalifa tumanidagi mahalladagi Janubiy Qabristonning chekkasida joylashgan.
Tarixi Kelib chiqishi Masjidga Amna bint al-Husayn ibn Alining nomi berilgan, u islom paygʻambari Muhammadning avlodlaridan boʻlgan. Sakina VII asrda tugʻilgan, onasi Banu Kalb qabilasi boshligʻining qizi Rubob binti Imru al-Qays edi. Rubob uni Sukayna yoki Sakina ( – tinchlik, osoyishtalik) deb atagan. Tarixchilar Sakina Qohirada haqiqatan ham dafn etilganmi yoki yo‘qligi borasida turlicha fikr bildirgan. Uning Qohirada dafn etilganiga ishonadiganlar shunday hikoyaga tayanadilar: Sakina al-Asbogʻ ibn Abdulazizga unashtirilgan va Umaviy xalifa Abdulmalik ibn Marvon tomonidan Misrga yuborilgan, ammo al-Asbogʻning xiyonat qilganini bilib, ortiga qaytib ketganCivilization in the Mamluk Era - Story of Islam | Islamic History Portal Supervised by Dr. Ragheb al-Sarjani Archived 2017-06-29 at Wayback Machine.
Qurilish tarixi 1760-yilda Mamluklar davlati mansabdor shaxslaridan biri boʻlgan Abdurahmon Katxudaning homiyligida maqbara ustiga masjid qurilgan. 1904-yilga kelib, Misr xedivi Abbos II tomonidan Yangi Mamluk meʼmorchiligi uslubida yangi masjid bunyod etilgan
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:Qohiradagi maqbaralar Turkum:20-asr Misrdagi masjidlar Turkum:1904-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar