Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi () – sunniy masjid, Bruney davlati Bandar-Seri-Begavan shahrida joylashgan. Mamlakatdagi ikkita davlat masjidlaridan () biri boʻlib, ikkinchi davlat masjidi Omar Ali Sayfuddin masjidi hisoblanadi. Shuningdek, Bruneydagi eng katta masjid hamdir. Kampong Kiarong mahallasining shimoliy chegarasida, Pusat Bandardan shimoli-gʻarbda joylashgan. Bruneyning 29-sultoni Hassanal Bolkiah sharafiga nomlangan.

Tarixi 1990-yillar boshida sulton Hassanal Bolkiah ingliz rassomi Jon Lausonning asarlaridan ilhomlanib, uni davlat poytaxtiga taklif qilgan. Lausonga sultonning „Kumush Yubileyi“ munosabati bilan quriladigan yangi masjid uchun shisha gumbaz loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan. Dastlab masjidning rasmiy nomi Kiarong masjidi boʻlgan, biroq keyinchalik u Jomeʼ Asr Hassanal Bolkiah masjidi deya qayta nomlangan.

Mamlakatdagi eng yirik masjid boʻlgan ushbu majmua maydonda joylashgan boʻlib, sulton tomonidan sovgʻa sifatida barpo etilgan. Qurilish ishlari 1988-yilda boshlangan va 1994-yil 14-iyulda sultonning 48 yoshida rasman ochilgan. Ochilish marosimida shom va xufton namozlari ado etilgan, sulton esa juma xutbasini oʻqigan. Masjidga 1996-yilda Benazir Bhutto, Goh Chok Tong, 1998-yilda qirolicha Yelizaveta II, 2000-yilda esa Iordaniya qiroli Abdulloh II kabi mashhur shaxslar tashrif buyurgan.

Masjid turistlar orasida ham mashhur, payshanba va juma namozidan oldingi soatlardan tashqari har kuni masjidga oʻrtacha 50 kishi tashrif buyuradi. Shuningdek, masjid nikohdan oldingi taʼlim va yaqin atrofdagi diniy oʻqituvchilar tomonidan olib boriladigan Qur’on oʻqish mashgʻulotlarini ham taklif qiladi.

Dizayni va xususiyatlar Masjidning 29 ta oltin gumbazi va balandligi boʻlgan 4 ta minoralari mavjud. Gumbazlarning soni Bruney hukmdorlarining 29-avlodini anglatadi, 29 pogʻonali marmar zinapoya esa amaldagi 29-sulton Hassanal Bolkiahninng sharafiga qurilgan. 5 ta favvora islomning besh ustunini va besh vaqt namozni ifodalaydi. Mehrob 24 karatli oltin bilan qoplangan koshinlar va qora marmar bilan bezatilgan, eng katta gumbaz erkaklar namozxonasining tepasida joylashgan. Masjidning ichki qismida konditsioner bor, bir vaqtning oʻzida 5000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Ichki qismini bezashda dunyoning turli mamlakatlaridan olib kelingan materiallar, jumladan, fors gilami, italiyan marmari, Filippinning qattiq yogʻochi va oltindan foydalanilgan.

5600 kvadrat metr maydonga ega erkaklar namoz oʻqish xonasi oʻzida 3500 kishini sigʻdira oladi.. Masjidda erkaklar va ayollar uchun moʻljallangan tahorat oladigan joylar mavjud.

Musulmon qabristoni Kampong Kiarong islom qabristoni (; ayrim hollarda Jomeʼ Asr qabristoni deb ham ataladi) masjidga yaqin joyda joylashgan.

Bu yerga dafn etilgan mashhur shaxslar: Mahmud Saedon Pengiran Muhammad Yusuf Limbang Obidin Abdurashid – ichki ishlar boʻyicha vazirning sobiq oʻrinbosari 2012-yilda sodir boʻlgan Rampayoh vertolyot halokati qurbonlari: Ismoil Samid Pengiran Hoji Orif Iskandar Xayrul Mahdi Sahri Xayriddin Hoji Abbos Mashud Damit – Bruneyning Xalqaro Qur’on tilovati musobaqasi birinchi gʻolibi Ali Muhammad Daud – sobiq tashqi ishlar boʻyicha muovin vazir Abu Bakar Ibrohim – sobiq Qonunchilik kengashi aʼzosi

Galereya

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:20-asr Osiyodagi masjidlari Turkum:Bandar Seri Begavandagi inshootlar Turkum:Osiyodagi gumbazli masjidlar Turkum:Osiyodagi minorali masjidlar Turkum:1994-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Bruney masjidlari Turkum:Osiyodagi sunniy masjidlar