Naja al-Kasakiy, yoki Naja – X asrda Halab amiri Sayf ad-Davla xizmatida boʻlgan harbiy xodim. 958-yil bahorida ad-Davla bosh qoʻmondon va boʻlajak imperator Ioann I Tsimisk boshchiligidagi bosqinchi vizantiyalik qoʻshiniga qarshi turish uchun Najani Jaziraga yubordi. Taxminan 10 ming kishilik qoʻshinga boshchilik qilgan Naja Tsimisk tomonidan tor-mor etildi; u Jazira boʻylab hech qanday qarshiliksiz yurishni davom ettirdi, hatto Samsatni egalladi va jangda ad-Davlaning oʻzini ham magʻlub etdi. 960-yilda sharqda Vizantiya mavjud emasligini suiisteʼmol qilishga urinishda, ularning Kritga hujumidan soʻng, al-Davla Najani armanlarning Turnik qal’asiga hujum qilish uchun yubordi va u yerda Hanzit qoʻmondoni patrikios Maykl ustidan gʻalaba qozondi. Keyingi yili Naja yana Armanistonga talonchilik yurishi qildi va u yerda Vizantiya vassalligini qabul qilgan Malatiya amiri Abdulloh ustidan gʻalaba qozondiKaldellis (2017), pp. 39. 963-yil sentyabrida Naja yana Malatiya atrofida yurish qildi. Oʻsha yilning oʻzida Naja sobiq Harron noibi Hibatulloh boshchiligidagi ichki qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborildi. Qoʻzgʻolonni yenggach, Naja oʻzi ham ad-Davlaga qarshi chiqdi va tezda Mayyaforiqin sari yoʻl oldi. Biroq, Naja shaharni bosib ololomadi va u tez orada Armanistonga chekindi; u yerda Van koʻli atrofidagi bir necha qal’alarni qoʻlga kiritdi. 964-yil kuzida Naja Mayyaforiqinni yana bosib ololmadi va koʻp oʻtmay ad-Davla hokimiyatini yana tan oldi. 965-yil qishida Mayyaforiqinda oʻldirilganBianquis (1997), p. 108.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:X asr arablari