Xoresh karafs (, soʻzma-soʻz „kerevizli qayla/shurva“) – anʼanaviy Eron taomi. Nomidan koʻrinib turibdiki, taomning asosiy masalligʻi keleriya hisoblanadi.

Tavsifi Anʼanaviy ravishda xoresh karafs qizil goʻsht (qoʻy yoki mol goʻshti) bilan tayyorlanadi. Ammo Qorme sabzi yoki Gheyme taomlaridan farqli ravishda, bu retseptda goʻsht oʻrniga tovuq goʻshti ishlatilishi ham juda keng tarqalgan. Soʻnggi yillarda ushbu taomning turlari yanada xilma-xil boʻlib, uning vegan va vegetarian variantlari ham eron oilalarining ratsioniga kirib kelgan. Najmieh Batmanglijning New Food of Life (2021-yilgi nashr) kitobida ushbu taomning vegetarian varianti uchun Vicia fabadan foydalanish tavsiya etilgan.

Tarixi Kerevizli xoreshning kelib chiqishi Eron bilan bogʻliq. Bu anʼanaviy Eron taomi hisoblanadi. 1964-yilda Roza Montazemi tomonidan yozilgan oshxona kitobida ushbu taomning retsepti qayd etilgan.

Manbalar

Turkum:Sabzavotli taomlar