Arabxona — Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan mahalla. Mahalla ikki, quyi va yuqori Arabxonaga boʻlingan. Mahalla aholisi asosan chorvachilik bilan shugʻullanadi. Mahalla 2000 mingdan ziyod aholiga ega, maydoni 1200 gektar. Mahallada 4-oʻrta taʼlim maktabi hamda 5 ta masjid mavjud. 2024-yilgi „Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida oʻtkazilgan futbol musobaqalarining respublika final bosqichida Arabxona mahalla jamoasi DXX kubogi gʻolibiga aylangan. 2025-yilda mahalla hududida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirilgan. Mahallaning Behzod koʻchasi 45-uyida 98-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi ham joylashgan boʻlib, turli yillarda saylov uchastkasi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi mahallalar Turkum:Oʻzbekistondagi mahallalarga oid chala maqolalar