Mehmonali Salimov – teatr va kino aktyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.
Hayoti Mehmonali Salimov 1952-yil 3-noyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1974–1978-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik san’ati institutida tahsil olgan. 1978-yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida ish boshlagan.
Ijodi Mehmonali Salimov turli o‘zbek filmlarida, jumladan, “Zanjir” (2005), “Shabnam” (2008), “Xavfli sarguzasht” (2010), “Fidoyilar” (2011), “Mehribonim” (2012), “Tarsaki” (2013), “Ajal jodusi” (2015), “Tuxmat girdobi” (2019), “Jumboq” (2021), “Muhojirlar” (2021) kabi filmlarda rol ijro etgan.
Aktyor 2002-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Havolalar