Turgʻun Beknazarov – aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti Turgʻun Beknazarov 1956-yil 1-mayda (baʼzi manbalarda 6-iyun) Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. 1972–1977-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida tahsil olgan. 1977-yildan Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatrida faoliyat yuritadi. Hozirga qadar oʻnlab kino, serial va spektakllarda rollar ijro etgan.
Oilali, bir nafar qiz va bir nafar oʻgʻil farzandi bor. 63 yoshida ota boʻlgani haqidagi xabarlar tarqalgan.
Ijodi Turgʻun Beknazarov teatr va kino aktyori sifatida „Charxpalak“ (1997-2000), „Voiz“ (1999), „Ostona“ (2001), „Sinediktum“ (2002), „Oʻrtoq Boykenjayev“ (2002), „Sarvinoz“ (2004), „Hayot-mamot“ (2006), „Haqiqiy erkaklar ovi“ (2006), „Kichkina odamlar“ (2007), „Opa-singillar“ (2010-2014), „Haqiqat kuni“ (2011), „Mehribonim“ (2012), „Mugʻombir kuyovlar“ (2013), „Kuch birlikda“ (2013-2014), „Dadam betob“ (2017), „Tuhmat girdobi“ (2019), „Elparvar“ (2019), „Jumboq“ (2021), „Osmondagi bolalar 3“ (2023) kabi film va teleseriallarda rol ijro etgan.
Aktyor 1997-yilda "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni va 2012-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u "Doʻstlik" mukofoti sohibi hisoblanadi.
Havolalar