Mosul iyolati (, ) – Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi iyolatlardan biri. XIX asrda maydoni taxminan deb qayd etilgan. Iyolat aholisi, asosan, kurdlardan iborat boʻlgan boʻlsa-da, Mosul shahrida, asosan, arablar istiqomat qilib kelganPlayfair, James (1813). A System of Geography: Ancient and Modern. Peter Hill..
Tarixi Sulton Salim I Yovuz Shoh Ismoil Safaviy qoʻshinlarini Chaldiron jangida tor-mor keltirgan, biroq Usmoniylar qoʻshinlari Mosul ustidan toʻliq nazoratni faqat 1517-yildagina oʻrnatishga muvaffaq boʻlgan. Shahar 1534-yilda Bagʻdod qoʻlga kiritilgunga qadar chegara garnizon shahri sifatida saqlanib qolgan. Mosul iyolati 1535-yilda tashkil etilgan. Shundan soʻng, Mosul Iroq hududidagi uchta asosiy |Usmoniylar maʼmuriy birliklaridan biri boʻlgan. 1840-yillarda ilgari Diyorbakir iyolati tarkibidagi Bohtan amirligiga qarashli Cizre sanjagi Mosul iyolatiga qoʻshilgan. Bu esa Bedirxon beg boshchiligidagi Usmoniylar imperiyasiga qarshi muvaffaqiyatsiz kurd qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan.
Maʼmuriy boʻlinmalari XVII asrda Mosul iyolati quyidagi sanjaklardan iborat boʻlgan:
Bajvanli sanjagi Tikrit sanjagi Eski Mosul sanjagi (Nineviya) Baneh (Harú) sanjagi
1701–1702-yillardagi sanjaklar:
Mosul sanjagi Horun sanjagi Tikrit sanjagi Duhok qal’asi sanjagi, Mutahho va Zaxo Gafre qal’asi va Dare sanjagi
1840-yillarda qoʻshilgan sanjak: Cizre sanjagi
Yana qarang Jaliliylar sulolasi – 1726–1834-yillarda Mosul iyolatini boshqargan.
Manbalar
Turkum:Usmonlilar imperiyasining Osiyodagi iyolatlari Eyalet Turkum:1535-yilda tashkil etilgan Usmoniylar eyaletlari Turkum:1864-yilda tugatilgan Usmoniylar eyaletlari Turkum:Usmonlilar Iroqi Turkum:Mosul