Abu Yaʼla Ḥamza ibn al-Asad ibn al-Qalanisiy (; — 1160-yil 18-mart) XII asrda Damashqda yashagan arab siyosatchisi va solnomachisi. Biografiyasi Abu Yaʼla (yaʼni Yaʼlaning otasi), laqabi al-Qalanisiy (qalpoqchi), Banu Tamim qabilasidan kellib chiqqan hamda Damashq shahrining bilimdon zodagonlari qatoridan joy olganGibb (1932), p. 8, citing Ibn 'Asakir.. Adabiyot, ilohiyot va huquqshunoslik sohalarini oʻrgangan boʻlib, dastlab Damashq devonxonasida (Devon ar-Rasoil) kotib lavozimida, keyinchalik esa uning rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Ikki marta shahar raisi lavozimida ishlagan. Damashq solnomasi Uning Zail yoki Mudhayyal tarix Dimashq (Damashq tarixnomasining davomi) nomli solnomasi Hilol ibn al-Muhassin as-Sabiy solnomasining davomi boʻlib, 1056-yildan to muallif al-Qalanisiy 1160-yilga vafot etgunga qadar boʻlgan davrni qamrab olganGibb (1932), "Introduction", pp. 7-14.. Ushbu solnoma Birinchi salib yurishi va uning bevosita oqibatlari haqida musulmon nuqtai nazarini aks ettirgan kam sonli manbalardan biri hisoblanadi. Bu omil asarni nafaqat hozirgi tarixchilar, balki Ali ibn al-Asir asarlari kabi XII asrning keyingi solnomachilari uchun ham qimmatli manbaga aylantirgan. Shuningdek, 1148-yilda Ikkinchi salib yurishi davomida Damashq shahri qamal qilinishiga guvoh boʻlgan. Bu qamal salibchilarning mutlaq magʻlubiyati bilan yakunlangan.
Solnomaning butun mazmuni ikki avlod — Ibn al-Qalanisiyning otasi va oʻzining davrini qamrab olgan. Al-Qalanisiy birinchi salib yurishi davrida voyaga yetgan boʻlsa-da, jangchi sifatida ishtirok etmagan. Asar matnini tahlil qilgan al-Qalanisiyning ilk ingliz tarjimoni H. A. R. Gibb al-Qalanisiy oʻz maʼlumotlarini ham guvohlardan, ham hujjatlardan olgan, degan xulosaga kelgan. Bu xulosa al-Qalanisiyning oʻz ish uslubini tasvirlagani tufayli yanada mustahkamlangan. Al-Qalanisiyning puxta ishlaganidagi Gibb taʼkidlagan asosiy xususiyat voqealar xronologiyasining aniqligi boʻlib, hatto hafta kunlarini ham aytib oʻtgan.
Gibb yilnomadan 1097—1159-yillar voqealarini ajratib olib, ingliz tiliga tarjima qilgan hamda 1932-yilda chop ettirganGibb (1932), "Contents", p. 1.. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1160-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr Suriya tarixchilari Turkum:Damashqlik kishilar Turkum:Salib yurishlari haqida yozgan oʻrta asrlar yozuvchilari Turkum:Oʻrta asrlar islom olamining 12-asr tarixchilari Turkum:1070-yillarda tugʻilganlar Turkum:Saljuqiylar imperiyasi olimlari