Sotsial-demokratik partiya Birinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan, Usmoniylar imperiyasida qisqa muddat faoliyat yuritgan ijtimoiy-demokratik siyosiy partiya. Partiyaning mashhur aʼzolari orasida Mehmet Esat Ishiq, Ata Atalay, Osman Nuri Eralp, Samipashazade Sezai, Hamdi bey, Yorgaki Efendi, Ubaydulloh bey va Besim Omer Akalınlar bor edi.

Partiya Ikkinchi Internatsional aʼzosi boʻlgan. Partiya Mehmed VI va Damat Ferid posho tomonidan tuzilgan, 1918-yilda 5-chaqiriq parlament tarqatib yuborilgandan soʻng hamda 1919-yilgi umumiy saylov oraligʻida faoliyat yuritgan „Sultonlik kengashi“ deb ataluvchi soxta parlamentga oʻz vakilini yuborgan. Biroq partiya 1919-yilgi saylovda parlamentda oʻrin ololmagan.

Manbalar

Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi siyosiy partiyalar Turkum:Usmoniylar imperiyasida sotsializm Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar