Turahanoğullari oilasi () – XV–XVI asrlar oraligʻida Usmoniylar imperiyasida akıncı korpusiga boshchilik qilgan oilalardan biri.
Tarixi Bu oilaning kelib chiqishi turk yürüklardan boʻlib, ularning nasli Saruhanlik Yigit beyga borib taqaladi, Yigit bey mashhur sarkarda boʻlgan. 1390-yilda Usmoniylar Makedoniyaning (bugungi Shimoliy Yunoniston hududi) bir qismini oʻz nazoratiga olgach, saruhanlik yürüklar ham ularning ortidan koʻchib kelishgan. Posho Yigit bey qabila aʼzolari bilan chegara hududga joylashib, oʻzining itoatsiz qabiladoshlariga boshliq etib tayinlangan. 1392-yilda Posho Yigit bey Usmoniylar qoʻshinini boshqarib, Skopyeni () zabt etdi va shu sababli Usmoniylar tomonidan Skopyeni fath etgan shaxs deya eʼtirof etildi.
Posho Yigit bey Usmoniylar imperiyasining chegara viloyati Üsküp sanjagining birinchi hokimi () boʻlgan va 1392-yildan 1413-yilgacha 21 yil davomida shu lavozimda xizmat qilgan U vafot etib, Skopyeda dafn etilgan.. Uning Turahan Bey va Isʼhoq Bey Hranić ismli ikki oʻgʻli boʻlgan. Turahan Bey mashhur Usmoniy harbiy qoʻmondoni boʻlib, 1423-yildan 1456-yilgacha Thessalyning hokimi lavozimida xizmat qilgan. U XV asrning ikkinchi choragida Usmoniylar yurishlarida faol ishtirok etgan, Vizantiyaliklarga va Varna salb yurishiga qarshi jang qilgan. Turahan Beyning ikki oʻgʻli Ahmad va Ömer boʻlgan. Ömer Usmoniy sarkardasi va hokimi boʻlib, asosan, janubiy Yunonistonda faoliyat yuritgan. U 1440–1450-yillarda Vizantiyaliklarga hamda 1460-yillarda Venetsiyaliklarga qarshi Moreada jang qilgan. 1456-yilda Afina gersogligini (lotin hukmronligi davri) zabt etgan. Shuningdek, u Albaniya, shimoliy-sharqiy Italiya, Valaxiya va Onadoʻlida ham harbiy yurishlarda qatnashgan.
Oila aʼzolari Turahan Bey (faoliyati: 1413, vafoti: 1456) – sarkarda va hokim, Posho Yigit beyning oʻgʻli Turahanoğlu Ahmad bey Turahanoğlu Ömer bey (faoliyati: 1435–1484) – sarkarda va hokim Hasan Bey Idris Bey
Manbalar
Adabiyotlar )
Turkum:Usmoniylar Yunonistoni Turkum:Usmoniylar davridagi turklar Turkum:Usmoniylar oilalari Turkum:15-asr Usmoniylar davri odamlari Turkum:15-asr Usmoniylar davri odamlari Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan shaxslar