Hafsa xotun („yosh sher ayol“, 1403-yildan keyin vafot etgan) – turk malikasi, Sulton Boyazid I ning xotini va Usmoniylar imperiyasi saroy ayollaridan biri.
Hayoti Hafsa xotun Aydınoğulları bekligi hukmdori Iso Beyning qizi. 1390-yilda Sulton Boyazid tomonidan Aydınoğulları bekligi bosib olingach, sultonga turmushga chiqqan. Uning farzandlari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.
Uning otasi Iso Bey jang qilmasdan taslim boʻlganidan soʻng, siyosat yuzasidan Boyazid bilan Hafsa nikohlandi. Keyinchalik Iso Bey hokimiyatdan mahrum etilib, Iznikka surgun qilindi va oʻsha yerda vafot etdi. Bu nikoh ikki sulola oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamladi.
Xayriya ishlari Hafsa xotun tomonidan qurdirilgan xayriya inshootlari otasiga tegishli hududida joylashgan boʻlib, ular, ehtimol, Hafsaning Boyazidga turmushga chiqishidan oldin bunyod etilgan. Hafsa xotun Tire shahrida favvora, Bademiyeda zohidlar uchun ibodat qiladian joy (hermitaj) va „Hafsa xotun masjidi“ nomli masjid qurdirgan. Ushbu inshootlar 1390–1392-yillar oraligʻida u turmushga chiqqan paytda olgan sep puli hisobidan qurilgan.
Yana qarang Usmoniylar Usmoniylar imperiyasi
Manbalar
Turkum:14-asr Usmoniy sultonlarining rafiqalari Turkum:15-asr Usmoniy sultonlarining rafiqalari Turkum:Malikalar Turkum:Boyazid I ning xotinlari Turkum:Boyazid I ning rafiqalari Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari