Ulugʻbek Sultonov — oʻzbek siyosatchisi. Turli yillarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatining Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik taʼminlash boʻlimi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir necha marotaba mukofotlangan. „Mahalla iftixori“ koʻkrak nishoni sohibi (2026).

Faoliyati 2017-yilda Qarshi davlat texnika universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2018-yildan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyatini boshlagan. 2020-yilda Oʻzbekistondagi maktab oʻquvchilarining eng yirik uyushmasi — „Kamalak“ bolalar tashkilotining Qashqadaryo viloyati boʻyicha rahbari etib tayinlangan. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga aʼzo etib saylangan. 2023-yildan 2024-yilgacha Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyati yuritgan. 2023-yilning 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan yigʻilishda Ulugʻbek Sultonov davlat rahbari bilan muloqot qilgan. 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan boshqaruv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2025-yilda Oʻzbekiston yoshlar yetakchilarini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori lavozimiga tayinlangan. 2026-yilda Latviya davlatida „Ghetto Games“ loyihasini Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyish, uni mahallalardagi yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borgan.

Faoliyati davomida bir qancha yirik loyihalarni amalga oshirgan. Jumladan, „Inklyuziv Oʻzbekiston“, „Iqtidor“, „Qashqadaryolik“, „Matonat“, „Imkon“, „Men donorman“, „Yetakchi camp“, „Amaliyot ofisi:Yoshlar yetakchilari“ kabi loyihalar shular jumlasidan.

Mukofotlari Ulugʻbek Sultonovning faoliyati Oʻzbekiston hukumati tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-2016-yillarda Oʻzbekiston „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati stipendiyasi bilan mukofotlangan . Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq, 2017-yilning 10-oktyabr kuni „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ hamda 2021-yilning 24-may kuni „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ mukofotlari bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisining 2026-yil 6-iyuldagi buyrugʻiga asosan „Mahalla iftixori“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan. Yana qarang Yoshlar ishlari agentligi Alisher Saʼdullayev Dilnozaxon Kattaxonova Murotjon Azimov Manbalar

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Qashqadaryoda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Havolalar Ulugʻbek Sultonovning telegram sahifasi Ulugʻbek Sultonovning instagram sahifasi Ulugʻbek Sultonovning facebook sahifasi Ulugʻbek Sultonovning Linkedin sahifasi Ulugʻbek Sultonovning X sahifasi