Shahzoda Murod, keyinchalik Pyer Mehmed, Saydning birinchi shahzodasi (1475 – 1522-yil dekabr), Usmoniylar imperiyasining shahzodasi, Cem Sulton va Gülşirin xotunning oʻgʻli.

Hayoti Uning dastlabki hayoti haqida maʼlumot kam. Otasi surgun qilinganidan soʻng Murod dastlab Qohirada yashagan, biroq keyinchalik Mamluklar uni ukasi Boyazid IIga topshirishidan qoʻrqib, Rodosga qochib ketgan. Boyazid II oʻzining ikki oʻgʻli Abdulloh va Oʻgʻuzxonni qatl ettirgan edi. Marino Sanutoning yozishicha, 1516-yil 5-dekabr kuni Mamluk sultoni elchisini Rodosga yuborib, Murodni topshirishni talab qilgan, ammo ritsarlar bunga qatʼiyan rad javobi berishgan.

Murodning yashashi uchun unga Fondo qal’asi (Château de Fondo) berilgan va u minnatdorchilik sifatida Rim-katolik eʼtiqodini qabul qilib, ismini Pyer deb oʻzgartirgan. Papa Aleksandr VI 1492-yilda unga maxsus papalik mulki sifatida Sayd knyazligini yaratib bergan. 1498-yilda esa 1484-yilda tugʻilgan italiyalik ayol, Baldassare Doria va Bartolommea Dorianing qizi Mariya Konketta Doriaaga uylangan. Ular yetti farzand, toʻrt oʻgʻil va uch qiz koʻrishgan.

Sulaymon I Rodos qamali (1522) vaqtida shaharni zabt etganida, u Murodni topshirishni talab qilgan. Natijada, shahzoda va uning ikki katta oʻgʻli Sulaymon I buyrugʻi bilan arqon bilan boʻgʻib oʻldirilgan.

Manbalar

Turkum:1475-yilda tugʻilganlar Turkum:1522-yilda vafot etganlar Turkum:Konya aholisi Turkum:Usmoniylar imperiyasining 15-asr kishilari Turkum:Usmoniylar imperiyasining 16-asr kishilari Turkum:Qatl etilgan Usmoniylar sulolasi aʼzolari Turkum:16-asrda Usmoniylar tomonidan qatl etilganlar Turkum:Boʻgʻib oʻldirilgan shaxslar