Dame Vivienne Isabel Westwood (; 1941-yil 8-aprelda tugʻilgan – 2022-yil 29-dekabrda vafot etgan) – ingliz moda dizayneri va tadbirkor, zamonaviy pank va yangi toʻlqin uslublarini ommaviy modaga olib kirgan asosiy shaxslardan biri. 2022-yilda Sky Arts kanali uni Britaniyadagi soʻnggi 50 yildagi eng nufuzli rassomlar roʻyxatida 4-oʻrinda qayd etgan.
Westwood va Malcolm McLaren Londonning Kingʻs Road koʻchasida butik ochgan va liboslar yarata boshlagan. Aynan shu davrdan boshlab ular mashhurlikka erishgan. Ushbu butik keyinchalik „Sex“ nomi bilan tanilgan. Ularning kiyim va musiqani uygʻunlashtirish qobiliyati 1970-yillardagi Buyuk Britaniya pank madaniyatining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Bu harakat tarkibiga Malcolm McLaren boshchiligidagi „Sex Pistols“ guruhi ham kirgan.
Westwood Londonda 4 ta doʻkon ochgan, keyinchalik butun Buyuk Britaniya hamda dunyo boʻylab oʻz faoliyatlarini kengaytirgan. Uning doʻkonlarida turli xil mahsulotlar sotilgan boʻlib, ularning ayrimlari Westwoodning siyosiy qarashlarini targʻib qilgan. Masalan, yadro qurollarini yoʻq qilish kampaniyasi, iqlim oʻzgarishiga qarshi harakatlar va fuqaroviy va siyosiy huquqlarni himoya qiluvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlagan.
Shaxsiy hayoti thumb|"Mini-Crini", 1985–1987 Westwoodning ikki farzandi boʻlgan. Birinchi eri Derek Westwooddan tugʻilgan oʻgʻli Ben Westwood (1963-yilda tugʻilgan) erotik janrdagi suratlar bilan shugʻullanuvchi fotograf. Ikkinchi eri Malcolm McLarendan tugʻilgan oʻgʻli Joseph Corré (1967-yilda tugʻilgan) esa mashhur ichki kiyim brendi Agent Provocateur asoschisi hisoblanadi. Uning nevarasi Cora Corré ham modellik bilan shugʻullanadi.
Westwood 1992-yilda moda boʻyicha shogirdi Andreas Kronthalerga turmushga chiqqan.
Manbalar
Turkum:Musiqa va moda Turkum:Britaniyalik moda dizaynerlari Turkum:Oyoq kiyim dizaynerlari Turkum:Ingliz moda dizaynerlari Turkum:Ingliz tadbirkorlar