Ismoil Abu Hatab (; 1993 – 2025-yil 30-iyun) – falastinlik fotojurnalist va kinorejissyor, C-light va ByPa asoschisi, Gʻazo urushidagi front hisobotlari bilan mashhur. U Gʻazo sektori tashqarisida bir qancha fotokoʻrgazmalar tashkil qilgan. U 2025-yil 30-iyunda Isroil havo hujumi natijasida halok boʻlgan.

Hayoti va faoliyati Abu Hatab Gʻazo shahrida tugʻilib oʻsgan. 2000-yillarning boshida u kundalik hayot va turli mojaroli sahnalarini suratga olishni boshladi va 2008-yilga kelib mahalliy OAVlar uchun frilanserlik qildi.

2008-yildan boshlab Abu Hatab BBC, DW va CARE International kabi xalqaro tashkilotlar va axborot agentliklari bilan ishlay boshlagan.

2023-yil 2-noyabrda al-Gʻafariy minorasidan Isroil havo hujumlarini yoritayotganda Abu Hatab ogʻir yaralandi. Abu Hatab NDTVga Gʻazodagi frilanser jurnalistlar „hech qanday institutsional xavfsizlik tarmogʻiga ega emas“ligini aytgan.

2025-yil aprel oyida Abu Hatabning „Osmon va dengiz oʻrtasida“ koʻrgazmasi Los-Anjeles, Qoʻshma Shtatlarda namoyish etildi.

Oʻlimi 2025-yil 30-iyunda Isroil havo hujumi vaqtida Gʻazo shahridagi al-Baqa internet kafesiga ziyon yetkazildi, bu uning va kamida 41 kishining oʻlimiga sabab boʻldi. U 32 yoshda edi.

Falastin Media Forumi Abu Hatabning oʻlimiga motam tutdi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (IFJ) va Falastin Jurnalistlar Sindikati (PJS) hujumni qoraladi va darhol tergov oʻtkazishni talab qildi.

Manbalar