Nurettin (), Nurettin posho (1836–1912) nomi bilan ham tanilgan, turk millatiga mansub Usmoniylar davlat arbobi. 1882-yilning 2-mayidan 1882-yilning 12-iyuliga qadar Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri boʻlgan.

Hayoti Abdurahmon Nurettin posho 1836-yilda Kütahyada tugʻilgan. U turk millatiga mansub boʻlib, Germiyoniylar sulolasining avlodlaridan edi. Ushbu sulola Rum Saljuqiylar sultonligining tanazzuli va qulashi ortidan aynan shu hududda ravnaq topgan. Uning otasi Hoji Ali posho Usmoniylar imperiyasi hokimlaridan biri boʻlib, Kastamonu viloyati hokimi sifatida xizmat qilayotgan paytida 1874-yil 25-mayda vafot etgan.

Abdurahmon dastlab otasi qoʻl ostida turli lavozimlarda ishlagan. 1872-yilda u vazir lavozimiga koʻtarilgan. Keyinchalik posho Usmoniylar imperiyasi viloyatlarida hokim sifatida (jumladan, Anqara va Bagʻdodda) xizmat qilgan, 1882-yilda esa sulton Abdulhamid II hukmronligi davrida bosh vazir lavozimiga tayinlangan. Soʻngra 1895–1908-yillar oraligʻida adliya vaziri boʻlib ishlagan.

Abdurahmon poshoning oʻgʻli Sulton Abdulhamidning qizi Naile Sulton bilan turmush qurgan. Abdurahmon poshoning kuyovi turk musiqashunosi Hüseyin Sadeddin Arel boʻlgan, uning jiyani esa turk mumtoz musiqasi ijrochisi Münir Nurettin Selchuk edi.

Manbalar

Turkum:1912-yilda vafot etganlar Turkum:1836-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan turklar Turkum:Bagʻdodning Usmoniy hokimlari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari